Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 27 iyun kuni soat 00:50 larda M-39 xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumani Mirzabuloq mahallasidan ötgan 1028-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Urganç şahrida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan haydovçi Isuzu yuk maşinasini Toşkent yönalişida boşqarib ketayotib, yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan Mirzabuloq mahallasida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan şaxsni urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda VAZ-2106 maşinasi urib yuborgan velosiped haydovçisi va VAZ-2105 maşinasi urib yuborgan piyoda vafot etgandi.