Konditsionerning ijobiy va salbiy tomonlari

Boshqa har qanday texnologiya singari, konditsioner ham o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Sotib olishdan oldin, uni diqqat bilan o‘rganib, barcha ijobiy va salbiy tomonlarini tarozida tortish kerak.

Konditsionerning ijobiy tomonlari

  1. Xonada yoqimli haroratni yuzaga keltiradi
  2. Xonani isitadi
  3. Xavfsiz
  4. Qo‘shimchasiga havoni namlaydi, filtrlaydi

Konditsionerning salbiy tomonlari

  1. Shamollash xavfini yuzaga keltiradi
  2. Noxush hidlarni yo‘qotmaydi
  3. Xonani shamollatmaydi

Konditsioner haqiqatan ham xonani ventilyatsiya qilish funksiyasiga ega emas, lekin uni shamollab qolishda ayblamang. Tomoq og‘rig‘i va burun oqishi ayyor mashinaning hiylasi emas, balki harorat rejimiga rioya qilmaslik oqibatidir. Quyida buning qanday qilib oldini olish mumkinligi haqida tavsiyalar beramiz.

1. Konditsioner xonani ventilyatsiya qilmaydi

Konditsioner ko‘p ishlatiladigan binolarda karbonat angidrid miqdori keskin oshib ketadi. Chunki, yopiq deraza va eshiklar sharoitida konditsioner xonani shamollatmaydi.

Mijozlar konditsioner ko‘chadagi toza havoni sovitib, ichkariga kiritadi va aksincha, xonadagi eskirgan havoni tashqariga chiqarib yuboradi deb o‘ylashadi. Ammo unday emas.

Konditsioner xonadagi havoni aylantiradi. Uning samarali sovitishi uchun deraza va eshiklarni yopamiz. Xonada nafas olayotganimizda kislorodni yutib, karbonat angidridni chiqaramiz. Agar xona ventilyatsiya qilinmasa, zararli gaz to‘planib qoladi.

Agar xonada uzoq vaqt qolsangiz, karbonat angidridning ortiqcha miqdoridan yengil bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, tez charchab qolish va diqqatning pasayishi, kechasi esa uyqu buzilishi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Xonani ventilyatsiya qiling. Konditsionerni biroz o‘chirib qo‘ying va derazalarni oching.

Ba’zi zamonaviy konditsionerlarda xonani shamollatish funksiyasi bor, ammo bu yetarli emas. Xonani baribir ventilyatsiya qilishga to‘g‘ri keladi.

2. Konditsionerni +18° dan past haroratga o‘rnatish shart emas