Bir neça kun avval Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Saken Polatov Kuba boks maktabi asosçisi bölgan Boks federatsiyasining yangi maslahatçisini jamoatçilikka taqdim etgan edi. Ötgan haftada Karlos Vilyanueva işçi guruh boşçiligida respublika hududlariga tanişuv safari bilan borgan edi.

Kubalik mutaxassis boks böyiça sport maktablari va sport-ta’lim muassasalarida yaratilgan şart-şaroitlarga e’tibor beradi. Qaşqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida trenerlar iştirokida dolzarb masalalar muhokama qilingan holda rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. 

Saken Polatov yangi maslahatçi faoliyatini şarhlar ekan, şunday dedi: «Nazarimda, Karlos juda mutanosib strategiyaga ega. Joylarda uzluksiz va ba’zan muntazam işlamasdan turib, boksning barqaror rivojlanişiga erişişning iloji yöq. Ha, Özbekiston boksning eng kuçli davlatlari qatorida munosib örin egallaydi, ammo bu eng yirik natija, deb kim aytadi? Işonçim komilki, yangi mutaxassisimiz natijalarni sezilarli darajada oşirişga yordam beradi». 

Har uçala viloyatda Boks federatsiyasi delegatsiyasi yoş sportçilar bilan uçraşuvlar ötkazdi va Karlos Vilyanuyeva murabbiylar ştabiga tavsiyalar berib, işni taşkil etiş böyiça öz qaraşlarini taqdim etib, bölajak çempionlarni tayyorlaşning yangi usullari bilan bölişdi.

Rossiyalik sportçi va siyosatçi Nikolay Valuyev içki boksni isloh qiliş borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi: «Özbekistonlik hamkasblarimni tabriklayman. Ofarin, töğri iş qilindi, Kuba maktabi sovet maktabidan çiqqan. Özbekiston haqida gapiradigan bölsak, ularning boksçilari xalqaro musobaqalarda yuqori saviyada natijalar  körsatişmoqda. Ayni damda, har qanday sport turi tizimga muhtoj, döstlarimiz ham şunday yöldan borayotgani quvonarli. Jismoniy madaniyat asoslarini tom ma’noda bolalar boğçasidan joriy etiş lozim, lekin köproq darajada, albatta, örta ixtisoslik bosqiçidan boşlab, Rossiyada bu tizim qisman tark etilgan, ammo uning ba’zi elementlari hozirda tiklanmoqda.  

Bu borada mamlakat rahbariyatining örni katta, deb öylayman. Bu sport tizimini, jumladan, maktab ta’limi darajasida rivojlanişini rağbatlantirişning yagona yöli. Faqat bu holatda, natija uçun qayğuradigan iştiyoqli odamlar ma’lum bir sport turining boşida turişi şarti bilan tizim izçil va samarali böladi. Öylaymanki, Özbekistonda hammasi bir vaqtga töğri keldi».

Eslatib ötamiz, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Özbekistonda boksçilarni tayyorlaşning Milliy standarti işlab çiqilib, uni Ösmirlar sport maktabi, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etiş rejalaştirilgan. Bu yangi yulduzlar nomlarini kaşf qiliş yölidagi samarali tanlov uçun qöşimça turtki beradi.