Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliygohlar sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan ayrim yoshlarning kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi
O‘zbekistonda oliygohlar sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilari kontrakt to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab 36 ta sport federatsiyasi, 274 ta sport maktabi o‘z hududidagi mahallalar, o‘rta maktablar, kollej va texnikumlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Har bir ko‘cha, mahalla, maktab, kollej va texnikumda futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha jamoalar tuziladi.
“Albatta, bunday ishlarni amalga oshirish mahalladagi yoshlar yetakchilaridan katta mas’uliyat va tashabbuskorlik talab qiladi.
Islohotlarimiz navqiron avlod hayotiga yanada chuqur kirib borishi uchun yoshlar yetakchilariga kengroq imkoniyat va vakolatlar bersak, o‘ylaymanki, sizlar ham buni qo‘llab-quvvatlaysiz”, dedi davlat rahbari.
Ma’lum qilinishicha, bundan buyon har yili oliygohlarning sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026