Turkiya radio va televideniye oliy kengaşi xorijiy onlayn OAVdan onlayn internetda işlaş uçun litsenziya olişni talab qilmoqda. DW bu harakat Anqaraga tahririyat kontentini senzura qilişga imkon beradi, deb hisoblaydi.

30 iyun, payşanba oqşomida Turkiyada Deutsche Welle mediakompaniyasining sayti bloklandi. Tegişli qaror Anqara sudi tomonidan qabul qilindi, deya izoh berdi Turkiya radio va televideniye oliy kengaşi (RTÜK) boşqaruvi vakili. Gap barça 32 translatsiya tilidagi veb-sahifalar haqida ketmoqda, deyiladi DW xabarida. 

Mediakompaniya turk tomonining pozitsiyasiga sud orqali e’tiroz bildirmoqçi. DW’dan taşqari, bloklaş «Amerika ovozi» radiostansiyasiga ham ta’sir körsatdi. 

Bir neça oy oldin RTÜK xorijiy teleradiokompaniyalardan internetda efirga çiqiş litsenziyasi uçun ariza topşirişni talab qildi. DW naşriga köra, bunday harakat «Turkiya hukumatiga tahririyat kontentini senzura qilişga imkon beradi» va «mustaqil media uçun qabul qilib bölmas holat». DW boş direktori Peter Limburgning aytişiça, kompaniya pozitsiyasi turk mediaregulyatori rais bilan «keng kölamli yozişmalarda va hattoki şaxsiy suhbatda» bayon etilgan. 

Fevral oyida Deutsche Welle va «Amerika ovozi» Turkiyada litsenziya oliş uçun ariza topşirmasliklarini ma’lum qilgan edi. Turkiya tomonining talabi 2019 yilda kuçga kirgan huquqiy normaga asoslanadi. Xuddi şu yili DW Turkiya qonunçiligiga muvofiq mamlakatda öz vakolatxonasini oçdi. 

Ayni paytda, Germaniya jurnalistlar uyuşmasi (DJV) turk tomonini Deutsche Welle’ga qarşi çoralarni zudlik bilan bekor qilişga çaqirdi. «DW taqiqini Erdöğan avtokratiyasining özboşimçaligidan boşqa heç narsa bilan izohlab bölmaydi», dedi DJV rahbari Frank Iberal. Turkiya xalqiga yana bir bor mustaqil jurnalistikadan foydalaniş imkoniyati berilişi kerak, dedi Iberal. 

Turkiya sönggi yillarda ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni kuçaytirdi. RTÜK litsenziyaga ega OAVdan idora nomaqbul deb hisoblagan onlayn kontentni olib taşlaşni talab qiliş huquqiga ega. Hozirda mamlakatdagi asosiy OAVning qariyb 90 foizi davlatga tegişli, deya ta’kidlaydi Reuters.