1994 yil 16 iyunda imzolangan “Özbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritiş töğrisida”gi farmonga muvofiq, 1994 yil 1 iyuldan Özbekiston hududida qonuniy tölov vositasi bölgan milliy valuta – söm muomalaga kiritildi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada edi. 1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalaş va mahsulotlarni faqat Özbekiston fuqarolariga sotiş uçun bir martalik kuponlar bosib çiqarilgan.

1993 yilning 15 noyabrida söm-kupon muomalaga çiqarilgan. Şundan söng 1 hafta ötib – 22 noyabrgaça gazeta qoğozida çop etilgan va taşkilotining muhri uriladigan kartoçkasi qirqib olinuvçi bir martalik kuponlar pul birligi sifatida muomalada bölgan.

Söm-kuponlar 9,5 oy muomalada bölib, 1994 yilning 1 iyulidan boşlab Özbekistonning milliy valutasi – söm muomalaga kiritilganidan söng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan.

Söm dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 sömlik qoğoz kupyuralar bilan bir vaqtning özida muomalaga kirgan bölsa, özbekistonliklarga 1997-2001 yillar oraliğida 200, 500, 1000 sömlik kupyuralar taniştirildi

Örta davr – 5 mingdan va 10 ming sömgaça

2013 yilda Özbekistonda 5 ming va 10 ming sömlik pullar muomalaga çiqarildi. Şu bilan ötgan 19 yil davomida milliy valuta eng kiçik kupyura – 1 tiyinlik tanga va 1 sömlik kupyuradan to 10 ming sömlik kupyuragaça bölgan yölni bosib ötdi. Söm muomala kiritilganidan söng qariyb 20 yil içida ikki marta yangi pullar muomalaga çiqarildi.