Buxoro viloyat huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro R. ga Şofirkon tumani «Tezguzar» MFY hududida tomorqa xöjaligi uçun ajratilgan 16 sotix yer maydonini boşqa bir fuqaro N.ga tanişlari orqali uy-joy quriş uçun rasmiylaştirib beriş evaziga 10 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Yana bir ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro X.J. boşqa bir fuqaro J.ning işonçiga kirib, unga Buxoro şahri Alpomiş köçasida joylaşgan 10 sotix böş yer maydonini uy-joy quriş uçun uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 35 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan uşbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.