Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 4 iyul kuni soat 7:30 larda 4R-34 Jizzax-Xovos avtomobil yölining Yangiobod tumanidan ötuvçi 91-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Zarbdor tumanida yaşovçi haydovçi Damas maşinasi bilan ketayotib boşqaruv paytida uxlab qolgan. Şundan söng Damas qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan Yangiobod tumanida yaşovçi haydovçi boşqaruvida bölgan VAZ-2106 maşinasining yöliga çiqib ketgan va u bilan töqnaşgan.

Töqnaşuv oqibatida, Damas salonida bölgan Zarbdor tumanida yaşovçi yölovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, Damas haydovçisi ham turli tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan piyodani Isuzu yuk maşinasi urib yuborgan, oqibatda jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgandi.