O‘zbekiston | 09:39 / 06.07.2022
13463
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda bir guruh o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Hozirda jamoat joyida mushtlashgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 5 iyul kuni 19:30 larda Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida joylashgan o‘quv markazlaridan birining bir guruh o‘quvchilari o‘rtasida kelishmovchilik ortidan janjal yuzaga kelgan.

Janjal davomida o‘quvchilar jamoat joyida o‘zaro mushtlashgan.

Shundan so‘ng hodisa joyiga IIB xodimlari yetib kelib, janjal bartaraf etilgan. Janjalda qatnashgan fuqarolar IIBga olib kelinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Past Darg‘om tumanida tibbiyot xodimalari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgandi.

Mavzuga oid