TDT, Turkiy agroforum va Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) qişloq xöjaligi vazirlarining yettinçi yiğilişida uşbu taklifni Qozoğiston qişloq xöjaligi vaziri Erböl Qaraşukeyev örtaga taşlagan deb xabar bermoqda «Kazinform» MAA.

«Mamlakatlarimiz örtasida agrar sohada hamkorlikni rivojlantiriş uçun TDTni yangi realliklar va hamkorlikning ustuvor yönalişlariga moslaştiriş zarur», — degan Qaraşukeyev.

Qozoğiston qişloq xöjaligi vaziri Erböl Qaraşukeyev. Foto: inform.kz

Qozoğistonlik vazir Turkiy davlatlar taşkiloti a’zolari birgalikda amalga oşirişi mumkin bölgan bir qator çoralarni taklif qilgan. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari özaro savdosida forvard kontraktlar mexanizmini qöllaş; qişloq xöjaligi sohasida özaro töldiriş va samarali kooperatsiya asosida hamkorlikni kuçaytiriş; çorvaçilik va elita uruğlarini yetkazib beriş sohasida hamkorlikni rivojlantiriş; tösiqlarni olib taşlaş, xavfsizlik sertifikatlarini özaro tan oliş, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazişda «yaşil yölaklar»ni yaratiş yöli bilan savdo aloqalarini mustahkamlaş taklif etilgan.

Foto: inform.kz