Rasmiy ma’lumotlarga köra, 1–2 iyuldagi tartibsizliklarda vafot etgan 18 kişidan 4 nafari – harbiy xizmatçilar bölgan. 243 kişi jarohatlanib, şifoxonalarga murojaat qilgan, şuning 93 nafari – harbiylar.

Harbiy hospitalning Travmatologiya bölinmasi katta ordinatori Nodirjon Xoldarovning aytişiça, 3-4 iyul kunlari Nukus şahridan turli tan jarohati olgan 20 dan ziyod harbiy xizmatçi Toşkentga olib kelingan.

“Kerakli jarrohlik amaliyotlari ötkazildi, hozirgi paytda (bemorlar) kerakli muolajalarni olişmoqda. Ularning holati barqaror. Öqotar quroldan, keyin turli xil toşlardan, temir buyumlar va turli xil kesuvçi, qirquvçi buyumlardan tan jarohati olgan bemorlarimiz bor. Lekin körsatilgan tibbiy muolajalardan söng, ularning ahvoli yaxşi stabil holatda, muolajalarni davom ettirişmoqda.

Tez kunlarda ularni oyoqqa turgazib, safga qaytaramiz va ular xizmatini davom ettirişadi”, – deydi u.

Hospitalda davolanayotgan harbiylarning har biri turliça holatda, ular tartibsizliklarning turli nuqtalarida bölişgan.

“Birinçi yeçintirib olib, keyin döpposlaşdi”

Abbos Namozov, milliy gvardiya xodimi, kapitan:

— Tarqatişga borsak, ikki çekkadan odamlar çiqib, bizga nisbatan nafrat uyğonib, şunday toşlar otib, sökinib: “Ketinglar, sizlar aralaşmanglar”, – deb baqir-çaqir qildi. Biz qölimizdan kelgança qaytardik.

Biz ham endi jami 50 kişi “tolpa” bölib boryapmiz-da, mana şu yerda men nimagadir qoqildimmi, yiqilib tuşdim. Endi özimga kelaman degandim, birdaniga tortib ketişdi. Tortib ketib, urdi-da.

Birinçi yeçintirib olişdi, yeçintirib olib, toş bilan ham, tayoq bilan ham uryapti. Katta toş bilan boşimga urgan vaqtida bir özimdan ketib, bir özimga kelsam, haliyam urib yotgan ekan-da.

Biz alohida mustaqil bölamiz deb, şunday ohangda gapirib yotgan edi. Hammasi içib olgan, hididan bildim. Özini tutişidan ham ma’lum bölib turgan edi.