Tungi soat bir bölişiga qaramay, kasalxona hovlisi gavjum edi. Viloyat va tuman mutasaddilari ham şu yerda ekan.

“6 iyun kuni Qörğontepa tuman markazidagi fast-fud mahsulotlari dökonida bir neça fuqarolar ovqatlangan va soat 14 larda Qörğontepa tuman tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklar bölimiga 2 nafar bemor köngil aynişi, boş oğriği alomatlari bilan murojaat qilgan. Soat 17 larga borib öşa ovqatlaniş şoxobçasida taom iste’mol qilgan boşqa bemorlar ham kasalxonaga kelişni boşlagan. 10 nafar bemor aniq oğriqlar bilan kelgan bölsa, ular bilan birga ovqatlangan oila a’zolari ham özini tekşirtiriş uçun kelişdi.

Ayni paytda yuqumli kasalliklar bölimiga 27 nafar bemor yotqizilgan. Biz ularni töliq nazoratga oldik. Bemorlar orasida ikki nafar 2 va 7 yoşli bolalar ham bölib, ularga alohida kuzatuv holatida muolaja qilinmoqda. Barça bemorlarning holati stabil. Kasal bölganlarda – köngil aynişi, boş oğriği va iç ketişi holatlari kuzatildi”, - deydi Andijon viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Abdukarim Abduvahobov.

Kasallikka sabab bölgan omillarni aniqlaş maqsadida FRESH FOOD 2020 oilaviy korxonasiga qaraşli ovqatlaniş şoxobçasida epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Bu korxonaga qaraşli 3 ta ovqatlaniş şoxobçasi faoliyati şu kunning özida vaqtinçalik töxtatilgan va mahsulotlar tayyorlaş xonasi xamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, laborator tekşiriş uçun yuborilgan.

Elmurod Ermatov, Azizbek Ismoilov