Qozoğistonda 30 sentabrga qadar buğdoy va javdar hamda bu ösimliklar unini mamlakatdan olib çiqib ketişga çeklov kiritildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Xabarga köra, mamlakat qişloq xöjaligi vaziri buyruği bilan Qozoğistondan uçinçi mamlakatlarga va YeOII mamlakatlariga olib çiqib çiqib ketiş uçun çeklov buğdoy va javdarga 550 ming tonna, buğdoy va javdar uniga 370 ming tonna miqdorida belgilandi.
Çeklov 8 iyuldan kuçga kiradi.
Qayd etilişiça, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida uşbu mahsulotlarni olib çiqib ketişga çeklov kiritilgan.
Avvalroq Qozoğistondan ösimlik moyi olib çiqişga vaqtinçalik çeklov qöyilgandi.












