Dosent va professor vakansiyasi mavjud bo‘lgan kafedralar ro‘yxati: Inson resurslarini boshqarish, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Fundamental iqtisodiyot, Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy tahlil va audit, Moliya, Soliqlar va sug‘urta ishi, Statistika, Iqtisodiy xafsizlik, Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, Innovatsion ta’lim, Iqtisodiyotda matematik metodlar, Jahon iqtisodiyoti, Bank ishi va investitsiyalar, Korporativ boshqaruv, Marketing, Turizm va servis, Biznes boshqaruvi va logistika, Menejment va marketing, Xalqaro biznesni boshqarish, Korporativ iqtisodiyot va biznes tahlil, Iqtisodiyot, Moliya va buxgalteriya hisobi, Amaliy matematika Umumiy va aniq fanlar, Ijtimoiy gumanitar fanlar, Ingliz tili, Xorijiy tillar, O‘zbek tili va adabiyoti.
Xujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda, universitet veb-sayti (tsue.uz) orqali amalga oshiriladi.
Lavozim uchun malakaviy talablar:
· tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent)/(professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D)/ fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
· davlat tilini, shu jumladan rus yoki ingliz tillarini mukammal bilish;
· zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish.
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
· mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
· xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
· xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;






