Qayd etilishicha, 2021 yilning o‘zida 1 200 ta noqonuniy quduq burg‘ilash holati aniqlangan.
“Shu bois prezident yerosti suvlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ayni maqsadda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yerosti suvi zaxirasini oshirish choralari ko‘rilayotgani aytildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, Qashqadaryoda bu bo‘yicha klaster tashkil etishga qaratilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda geologiya sohasidagi vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.











