Jahon | 18:57 / 10.07.2022
22764
3 daqiqa o‘qiladi

Donetsk oblastida ko‘p qavatli uyga zarba berildi. Kamida 15 kishi halok bo‘lgan

Shanba kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahrini o‘qqa tutishdi. Raketalar turar joy binosiga kelib tushgan. Ukraina favqulodda holatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi xarobalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Foto: MIGUEL MEDINA/AFP VIA GETTY IMAGES

Raketa zarbasi Chasiv Yardagi besh qavatli uyning ikkita pod’yezdini vayron qilgan. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar qilishicha, uyga «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi snaryadi kelib tushgan.

Yakshanba kuni kun yarmiga kelib ukrain qutqaruvchilari vayronaga aylangan uy xarobalari ostidan 15 kishining jasadini olib chiqishgan. Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, besh kishi tirik holda chiqarib olingan, ularda jarohatlar bor. Xarobalar ostidagi ikki kishi bilan ovozlar orqali aloqa o‘rnatilgan. Qutqaruvchilar xarobalar ostida yana 24 kishi, jumladan to‘qqiz yoshli bola.

OAV mahalliy aholi vakillari zarba haqida aytayotgani, butun qolgan pod’yezdlarda portlash to‘lqini derazalarni to‘kib tashlagani va mebellarni ag‘dargani tasvirlangan kadrlarni namoyish etgan. Odamlarning aytishicha, uy mahalliy vaqt bilan kechqurun soat 21:00 atrofida o‘qqa tutilgan, uning atrofida kamida uchta raketa portlagan. Ukrain nashrlarida uyga berilgan zarba aks etgan video ham e’lon qilingan, unda ikki portlash aks etadi.

Rossiya mudofaa vazirligi yakshanba kuni ertalabki hisobotida Chasiv Yarga yo‘llangan zarbalar haqida ma’lumot bermagan, ammo shanba kuni vazirlik ushbu shahar hududida «Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan amerikaliklarning 155 mm kalibrli M777 gaubitsalari joylashgan angar» yo‘q qilingani, shuningdek «Donetskdagi aholi yashovchi kvartallarni o‘qqa tutib kelgan» 30 nafarga yaqin ukrain harbiylari o‘ldirilgani haqida xabar qilgan.

Yakshanba kuni rossiyaparast telegram-kanallar Rossiya zarbalari turar joy binosiga emas, Ukraina qurolli kuchlari kazarmasiga berilgani haqida yozishgan. Mualliflar buning dalili sifatida uy xarobalaridan zambilda olib chiqilayotgan o‘rta yoshli erkak suratiga e’tibor qaratishgan - uning ustida to‘q yashil rangli futbolka bo‘lgan, bu kamuflyajnaya ekani taxmin qilingan.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

O‘tgan kun mobaynida rossiyalik harbiylar Donetsk oblastining boshqa aholi punktlariga ham raketa zarbalari yo‘lladi. Xususan, Kostyantinivkaga beshta raketa kelib tushgan (bir kishi qurbon bo‘lib, 18 kishi yaralangan), yana bir zarba - yaqinda rossiyaliklardan ozod etilgan Vuhledardagi Pavlivka posyolkasiga yo‘llangan. Avdiyivkaga esa baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari va stvolli artilleriya orqali o‘ndan ortiq zarba berilgan. Shuningdek Maryinka va Krasnohorivkaga baravar o‘t ochish tizimlaridan zarbalar yo‘llangan. Svitlodarskda to‘rt kishi yaralangan, Zvanovskoye rayonida bir kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangan.

MIGUEL MEDINA/AFP VIA GETTY IMAGES

Mavzuga oid