Prezident Administratsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Zaynilobiddin Nizomiddinov hayit arafasida lavozimidan ozod etilib, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi raisining birinçi, sanoqda esa töqqizinçi örinbosari etib tayinlandi. Bungaça ham hukumatdagi yuqori martabali köplab amaldorlar kursisini tark etgaç, ma’lum muddat kasaba uyuşmalaridan panoh topişgandi.
1 yil vazirlik qilgan şifokor
Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari bölib işlayotganida Zangiotadagi maxsus şifoxona xodimlarini qattiq tanqid qilganiga oid audio tarqalib ketgaç, davlat rahbari nazariga tuşgan va 2020 yil noyabrida soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan Abduhakim Hojiboyevning mazkur lavozimdagi faoliyati 1 yil davom etdi xolos.

U 2021 yilning noyabrida işdan olindi va sönggi beş yil soğliqni saqlaş tizimidan iste’foga çiqarilgan törtinçi vazirga aylandi. Bungaça 2016 yil dekabrida Anvar Alimov, 2017 yil fevralida Adham Ikromov, 2020 yil noyabrida Alişer Şodmonov vazir kursisidan çetlatilgandi.
Abduhakim Hojiboyev işdan olingaç Özbekiston kasaba uyuşmalari rahbariga örinbosar etib saylandi. Tibbiyot fanlari doktori, professor ilmiy unvoniga ega bölgan Hojiboyevni hamkasblari malakali mutaxassis, yaxşi şifokor sifatida bilişadi. Biroq yaxşi şifokordan har doim ham yaxşi vazir çiqavermas ekan. Garçi prezident Mirziyoyev uni «sinalgan, zamonaviy va talabçan, eng muhimi, kim qandayligini biladi» deya maqtagan bölsa-da, u tizimdagi muammolarni hal qila olmadi.

Toşkent viloyati hokimligidan «profsoyuz» raisligiga
2019 yil 4 iyundan Toşkent viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Rustam Xolmatov 2021 yil noyabrida kutilmaganda işdan olingandi. 2016 yildan 2019 yilgaça, uç yil içida 4 nafar hokim – Sodiq Abdullayev, Islomjon Ergaşxöjayev, Şukrullo Boboyev va Ğulomjon Ibragimov uşbu lavozimda işlagan bölsa, Rustam Xolmatov Mirziyoyev davrida [hozirça] Toşkent viloyati hokimi kursisida eng uzoq vaqt (1 yil 7 oy-u 25 kun) qolgan şaxs hisoblanadi. Uning örnini egallagan Davron Hidoyatov 9 oy 19 kun hokimlik qila oldi, xolos.
Aslida Toşkent viloyati mustaqil Özbekiston tarixidagi hokimlari eng köp özgargan viloyat hisoblanadi. Viloyat va tuman ijroiya qömitalari raisi lavozimi tugatilib, hokim lavozimi joriy etilgan 1992 yil 4 yanvardan hozirgaça Toşkent viloyatida 15 marta hokim özgargan. Rustam Xolmatov uşbu röyxatdagi 13-hokim böldi. Darvoqe, Xolmatov aynan bir viloyatda tanaffus bilan ikki marta hokimlik qilgan kam sonli siyosatçilardan biridir.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşriflaridan birida boşqa hududlarda hokimlar ön yillab işlayotgan bir paytda aholisi deyarli 3 million kişi bölgan Toşkent viloyatiga yaxşi rahbar topilmayotganini aytgan, şuningdek, Xolmatovning işdan ketiş tarixini oçiqlagandi.
«Rustam Xolmatovning özi işdan böşaş töğrisida ariza yozdi, men uni öşa payt işdan böşatiş niyatim yöq edi. Uning özi bugungi kun talabini tuşunib şu qarorga keldi, men ham unga yaraşa iş berdim», dedi prezident.
Iste’fodan söng 60 yoşli Rustam Xolmatov Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi respublika kengaşi raisi lavozimiga saylangan bölib, bugungi kunda ham uşbu lavozimda işlab kelmoqda.

Qayta işonç qozona olgan mulozim
2018 yildan Baxmal tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Musa Anorboyev ham 2012–2015-yillarda Rustam Xolmatov ayni paytda egallab turgan lavozimda faoliyat yuritgan. U birinçi prezident Islom Karimov davrida – 2007–2009-yillari Jizzax viloyati xokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, biroq lavozimidagi «v.b» qöşimçasidan qutilib ulgurmay işdan olingan.
Dastlab uç yil «Özagromaşservis» uyuşmasi «Agrotexta’mir» birlaşmasi raisi örinbosari bölib işlagan Anorboyev 2012 yili Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Markaziy kengaşi raisi etib saylangandi. Bu yerda 2017 yilgaça qolib ketgan mulozim Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelişi ortidan yana hokimlikka qaytdi.

Boş vazir örinbosarligidan «qulagan» arbob
Özbekiston hukumatidagi yuqori kursilarni egallab kelgan Rustam Qosimov (2021 yil mayida vafot etgan) 2011 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorligidan pensiyaga çiqarilgandi. Mamlakat oliy ta’limidagi inqiroz bevosita u hukumatda ta’lim sohasiga kurator bölgani payti boşlangani, u «işda yöl qöygan kamçiliklari» uçun Karimovning qahriga yöliqqani haqida gap-sözlar bor.
Şavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlangaç, Qosimov yana Boş vazir örinbosari, oliy va örta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlanadi. 2017 yildan to ölimiga qadar davlat rahbariga turli masalalar böyiça maslahatçilik qildi, bir vaqtning özida avval prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, söngra Xalqaro islom akademiyasining rektori sifatida ham faoliyat yuritdi.
Garçi rasmiy tarjimai holida tilga olinmasa-da, uşbu şaxs maqolaning boşqa qahramonlari singari kasaba uyuşmalari tizimida işlagan. Rustam Qosimovning ölimi munosabati bilan bildirilgan rasmiy ta’ziyanomada uning Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasining boşqaruv tizimida turli lavozimlarda işlab, jamiyatda fuqarolik institutlarining örni va nufuzini oşiriş borasida jonbozlik körsatgani ta’kidlanadi.
Gap şundaki, u Boş vazir örinbosari vazifasidan böşatilganidan söng ma’lum muddat işsiz yurgan. Keyinroq Ta’lim, fan va madaniyat sohasi kasaba uyuşmasi Markaziy kengaşida rais örinbosari lavozimida (2016 yil 13 sentabriga qadar) işlagan.

Kasaba uyuşmasida ikki marta «jon saqlagan» mansabdor
«Özbekenergo» va «Öztransgaz» kompaniyalari rahbari, boş vazir örinbosari, ayni damda Özbekistonning Tojikistondagi elçisi bölib turgan Ergaş Şoismatov ham bu yerda ma’lum muddat «jon saqlagan»lardan biri.
2014–2016-yillarda Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari respublika kengaşiga raislik qilgan uşbu şaxs 2016 yil dekabrida «Öztransgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisligiga tayinlangandi. Biroq u yerda bir yil ham işlamay 2017 yil avgustida işdan olinadi.
Iste’fodan söng u yana avvalgi joyiga – Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi rahbarligiga qaytadi. 2018 yil fevralida u Tojikistonga elçi etib tayinlanadi.
Şundan buyon katta davralarda közga taşlanmay qolgan Şoismatov 2021 yili prezident farmoniga muvofiq «Döstlik» ordeni bilan mukofotlangandi.

“Karimovning qahriga uçrab mansabidan quvilgan amaldor”
“Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi örinbosari, keyinçalik raisi sifatida faoliyat yuritgan Farhod Omonov mamlakatning birinçi rahbari Islom Karimov qahriga uçrab, kursisidan ayrilgandi. U ham norasmiy siyosiy an’anaga köra kasaba uyuşmasi tizimiga işga ötgan, Özbekistonda hokimiyat almaşuvi röy bergandan keyin yana siyosiy sahnaga qaytganlardan biri.
Farhod Omonov 2022 yilning fevralida Oqqörğon tumani hokimi vazifasidan ozod etilib, Toşkent viloyatining Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari – viloyat hokimining keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan.

Kasaba uyuşmasiga jönatilganlarning eng yirigi
2018 yilning avgustidan buyon Prezident administratsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Zaynilobiddin Nizomiddinov 8 iyul kuni Şavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda iste’foga mulozimning salomatligidagi muammo sabab bölgani aytiladi.
Amaldagi davlat rahbarining eng işongan kadrlaridan biri sifatida körilgan Nizomiddinov Şavkat Mirziyoyevga u boş vazirligida yordamçilik qilgan va Özbekiston boş vaziri kotibiyati mudiri lavozimida işlagan.
Kun.uz’ning hokimiyatga yaqin manbasiga köra, Nizomiddinovni soğliğidagi muammolar ançadan beri bezovta qilib kelgan. U ötgan yili prezident saylovi vaqtida operatsiya bölgani, davlat rahbarining hududlarga taşrifi çoğida tobi qoçib qolgan paytlar bölgani aytiladi.
Ayrimlar uning iste’fosi ortida siyosiy sabab borligini ham taxmin qilmoqda. Jumladan, jurnalist Aleksey Voloçeviç kadrlar masalasida mamlakatdagi eng qudratli mansabdorlardan biri bölgan Nizomiddinovning çetlatilişi Qoraqalpoğistonda röy bergan voqealarga daxldor ekanini taxmin qilgan.
Nima bölgan taqdirda ham Zaynilobiddin Nizomiddinov endi ança tinç joydan qönim topdi. Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi raisi birinçi örinbosari kursisida undan avvalgiday jiddu jahd çekiş talab etilmaydi.
Kasaba uyuşmalari haqida ikki oğiz
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi huquqiy maqomiga köra nodavlat taşkilot bölib, a’zolari soni böyiça mamlakatdagi eng yirik taşkilot hisoblanadi. Kasaba uyuşmasining maqsadi xodimlarning mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalaş hamda himoya qilişdan iborat.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi Kengaşining tarkibida öndan ortiq tarmoq kasaba uyuşmalari va hududiy kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmalari mavjud.
Köpinça davlat xizmatidan çetlatilgan amaldorlar kelgusidagi taqdirini, ya’ni «amnistiya»ga tuşiş-tuşmasligini kutib aynan kasaba uyuşmasida vaqt ötkazişadi. Odatda xizmatidan butunlay voz keçib yuborilmagan, kelgusida davlat xizmatida foydalaniş mumkin bölgan “figura”lar şu yerda saqlab turiladi.
Jamşid Niyozov, jurnalist












