Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistondagi banklardan biri tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik miqdorda naqd pul yeçiş uçun 1,5 foizdan 3 foizgaça komissiya örnatayotgani haqida xabar tarqaldi.
Bunda mazkur bankka qaraşli bankomatlarda bir milliongaça naqd pul yeçiş uçun komissiya hozirgi kabi 1 foizni taşkil qiladi, summa kattalaşgan sari komissiya foizlari ham oşib boraveradi.
Markaziy bank axborot xizmatining Kun.uz'ga izoh berişiça, qonunçilik nuqtayi nazaridan banklar pulni naqdlaştiriş foizini özlari mustaqil belgilaydi. Komissiya tölovining oşirilayotgani holati yuzasidan esa qöşimça ma’lumot berilişi aytildi.
Bitta bankda tajriba tariqasida sinab körilayotgani aytilgan bu yangilik internetda muhokamalarga sabab böldi.
“Iste’molçilar uçun ham, banklar uçun ham manfaatli”
Naqdlaştirilgan pul miqdoriga qarab komission foizni kötarib borişni yoqlayotganlar şu orqali poytaxtdan boşqa hududlarda bankomatlar böşab qolaverişi muammosiga yeçim topiş mumkin deb hisoblamoqda. Ularning sözlariga köra, oxirgi bir neça oy içida Özbekistonda naqd pulga talab sezilarli oşib ketgan.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, bunday çora talab va taklifni muvozanatlaş uçun kerak.
“Asosan taşqi sabablar tufayli naqd pulga bölgan talabning ortişi bankomatlar oldida uzun navbatlarni yaratmoqda. Banklar sutkasiga bir neça bor bankomatlarni töldirayotgani yoki bu böyiça regulyatorning ma’muriy nazorat tekşiruvlari örnatilganiga qaramay, baribir muammo vaqti-vaqti bilan kun tartibiga çiqib qolmoqda.
Köp guvoh bölayotganimizdek, odatda “barygalar” (tijoriy maqsadlarda naqd puldan foydalanuvçilar) katta miqdordagi naqdlikni yeçib ketişadi, pensioner/ budjetniklarga esa naqd pul qolmaydi. Ya’ni naqd pulga nisbatan iste’mol xaridi uçun talabgorlarning talabi qondirilmay qoladi. Bankomatlardan çiqimlarning tarkibini körib, tahlil qilayotgan banklar bunga özlari işonç hosil qilişi mumkin. Bankomatga joylaştirilgan hajmi böyiça 75-90 foiz naqdlikning yeçilişi soni böyiça 15-20 foiz tranzaksiya hissasiga töğri keladi (hududlar va lokatsiyaga qarab).
Tabiiyki, bozor va biznes qoidalariga köra, talab va taklifni muvozanalaş uçun katta miqdorda naqdlik yeçiş uçun yuqoriroq komissiyalar örnatilişi iste’molçilar uçun ham, banklar uçun manfaatli qadam böladi. Jarayonning bunday yölga qöyilişi naqd pulning tranzaksion tannarxi/xarajatlari va naqdlikka talab ança baland bölgan uzoq va çekka tumanlarda ayniqsa muhim”, deydi Bakirov.












