“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari tomonidan Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida joylaşgan “Uzbekistan GTL” zavodidagi işlar holati örganildi.

Foto: “Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

“Uzbekistan GTL” zavodida Özbekiston tarixida birinçi sintetik neft işlab çiqarilişi boşlangan edi. Oradan köp vaqt ötmasdan, 2022 yilning 29 iyun kuni “Uzbekistan GTL” zavodida Özbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixda birinçi sintetik GTL dizel mahsuloti işlab çiqarilgani va ilk mahsulot olinganligini e’lon qilingan edi.

Bugungi kunga qadar, ya’ni ikki hafta içida Uzbekistan GTL zavodida jami 15 ming tonnaga yaqin sintetik dizel yoqilğisi va 4 ming tonnadan ziyod nafta mahsuloti işlab çiqarildi.

Zavodning barça texnologik qurilmalari işçi holatda bölib bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş hajmlari oşirilib bormoqda. Boşqaruv raisi joriy yilning 4 iyul kunidan boşlab Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining birja savdolari orqali ilk bor GTL dizel yoqilğisi sotilişi boşlanganini ta’kidlab, qisqa muddat içida ya’ni jami 9,5 ming tonnaga yaqin sintetik dizel sotilganini ma’lum qildi.

Foto: “Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

“Işçi guruh” tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik dizel yoqilğisi işlab çiqariş va uni sotiş hajmini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati örganildi.

Taşrif davomida, zavodning Özbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan milliy akkreditatsiyadan ötgan markaziy laboratoriyasida yakuniy tayyor mahsulotlarni belgilangan standartlarga javob berişini va muvofiqligini tasdiqlaş yuzasidan olib boriladigan laboratoriya sinovlari, iste’molçilarga yetkazib beriş va yuklaş jarayonlari bilan yaqindan tanişib çiqildi.

Öz navbatida, “Özbekneftegaz” AJ Boşqaruvi raisi boşçiligida zavodning işlab çiqariş sexlari boşliqlari va rahbar xodimlar iştirokida işçi yiğiliş bölib ötdi.