Viloyat hokimi Murodjon Azimov bu loyihani amalga oşiriş uçun Xitoyning “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasi bilan kelişuvga erişdi.

Uçraşuv videokonferens-aloqa formatida ötkazildi. Unda Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elçisi Farhod Arziyev ham qatnaşdi.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Tadbirda bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, Azimov tomonidan Kitob tumanining “Qaynar”, Şahrisabz tumanining “Miraki” va Qamaşi tumanining “Maydanak” hududida zamonaviy osma dor yöllarini barpo etiş taklifi berildi.

Şuningdek, viloyat hududida zamonaviy agrologikstika markazlarini quriş;

- “Qarşi” erkin iqtisodiy zonasi hududida “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasining investitsiya loyihalarini amalga oşiriş;

- “Çiroqçi” erkin iqtisodiy zonasi hududida “yaşil energetika”ga ötiş va energiya tejovçi texnologiyalar böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşirişga doir masalalar muhokama etildi.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Tadbirda Xitoy tomoni Özbekistonda xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan qonunçilik bazasi va ma’muriy mexanizmlar yaratilayotgani, ular amalda muvaffaqiyatli qöllanilayotganini e’tirof etişdi.

Osma dor yöllari quriş yönalişida, haqiqatan ham Xitoydagi dor yöllarining deyarli 50 foizi “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasi tomonidan qurilganligi e’tiborga molik.

Qaşqadaryo viloyatining joylaşuvi, tabiati va turistik salohiyatini inobatga olib, ikki hafta muddatda kompaniya mutaxassislaridan iborat delegatsiya viloyatga taşrif buyurib, osma dor yöllarini quriş böyiça hududning salohiyati hamda imkoniyatlarini örganadigan böldi.