Oldingi seriyadagi pullar – 200, 500, 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 sömlik pullarimizning ölçamlari bir xil edi — 144×78 mm.

2021 yilning iyunidan boşlab Buyuk ipak yöli mavzusida çop etilgan sömning yangi banknotlari esa özining zamonaviy dizayni bilan ajralib turibdi. Garçi uning dizayni ham sohadan xabardor mutaxassislarda savollar uyğotayotgan bölsa ham.

Kupyuralarning balandligi bir xil — 69 mm bölsa-da, nominal qiymati oşişiga qarab ularning eniga uzunligi 5 millimetrga oşib boradi: 2 000 va 5 000 sömlikning eni — 142 mm, 10 000, 20 000 va 50 000 sömlikning eni — 147 mm, 100 000 sömlikning (va katta ehtimolki 200 000 sömlikning ham) eni 152 mm. Pulning ölçami ixçamlaşgan, kattaroq nominaldagi summalarning ölçami uzunroq bölgani ham bir qulaylik.

Pullarning ölçami ixçamlaşgani bilan, baribir muomalada ayrim noqulayliklar borligini fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoqlarda yozmoqda.

Xususan, 10 ming söm va 20 ming sömlik banknotalarning ölçami va rangi öxşaşligi. Bir boğlam (paçka) 20 ming sömlik içiga 10 ming sömlik solib yuborilsa — qoronğida, masalan mol bozorlarida sanaşda ajratib bölmaydi.

Yangi 200 ming sömlik banknota dizaynida ham yana ular kabi kök rangdan foydalangan.

Ikkinçi noqulaylik, banknotda qiymatni ifodalaşda nollarning ketma-ket yozilişi: 100000, 200000 tarzida. Natijada 20 ming sömlik va 200 ming sömlikni ajratişda noqulaylik vujudga keladi. Boz ustiga, pullarimiz lotin alifbosida çiqarilmoqda. Aholimizning kiril alifbosida savodi çiqqan yoşi katta qismida kiçik şriftda yozilgan pulning nominalini öqiş va ajratişda qiyinçilik vujudga keladi.

Ha, pullarimizning nollari tobora köpaymoqda. Bundan fojia yasamaslik kerak, bunaqa pullarga ega yagona davlat emasmiz. Qolaversa, 1994 yilning 1 iyulida söm muomalaga kiritilganidan buyon denominatsiya qilingani yöq.

Biroq, banknotada mingni ifodalovçi nollarni ifodalaşda boşqa davlatlar qanday yöl tutganiga e’tibor qaratib, ularning tajribasidan ham foydalaniş lozim.

Nollarni ajratişning uçta yöli bor:

1) 10000, 20000, 50000, 100000, 200000 ming sömlik banknotalarda minglik sanoqni bildiruvçi uçta nolni ajratiş: 10 000, 20 000, 50 000, 100 000, 200 000 tarzida (Özimizda 1993 yilda söm-kupon muomalaga çiqarilganda şu usuldan foydalanilgan).