AQSh Rossiya bilan o‘g‘itlar va oziq-ovqat bo‘yicha bitimlarga ruxsat berdi
AQSh sanksiyalari endi Rossiya o‘g‘itlari, oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalari bilan bog‘liq operatsiyalarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Gazprom Germania ham cheklovlardan ozod qilindi.
AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan o‘g‘itlar, oziq-ovqat, urug‘lar, dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Tegishli hujjat 14 iyul, payshanba kuni idora saytida e’lon qilindi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, «qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, dori vositalari, tibbiy buyumlar va ular uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish, sotish, tashish yoki tibbiy asboblar uchun dasturiy ta’minotni yangilash; COVID-19'ning oldini olish, tashxis qo‘yish yoki davolash; davom etayotgan klinik sinovlar va boshqa tibbiy tadqiqotlar» bilan bog‘liq barcha tranzaksiyalardan sanksiyalar olib tashlandi.
Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi Alfa-Bankning Qozog‘istondagi shu’ba korxonasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi va «Gazprom»ning Germaniyadagi sobiq shu’ba korxonasi Gazprom Germania bilan operatsiyalarga vaqtinchalik ruxsat berdi. Securing Energy for Europe (Gazprom Germania nomi, hozir Germaniya hukumati nazorati ostida) bilan bitimlar 16 dekabrgacha ruxsat etiladi.
Bir kun avval Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Ukraina portlaridan g‘alla eksportini qayta tiklash masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi. Turkiya delegatsiyalar kelishuvni imzolash uchun kelasi hafta yana uchrashishini ma’lum qildi.
«Qo‘shma Shtatlar BMTning Ukraina va Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish va Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz urushining global oziq-ovqat ta’minoti va narxlariga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», - deya xabar berdi AQSh Moliya vazirligi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024