Qozoğistonning Şetskiy tumanida, “Almati – Yekaterinburg” avtomobil yölining 850 km.da yirik yöl-transport hodisasi sodir böldi.
MAN yuk maşinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yölovçi mikroavtobusi töqnaşişi oqibatida mikroavtobus içida bölgan 17 nafar yölovçidan 8 nafari voqea joyida halok bölgan, 9 nafar yölovçi turli darajada tan jarohati olib, Aksu-Ayuli qişloq kasalxonasiga yotqizilgan.
Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozoğiston FVVga asoslangan holda xabar berişiça, voqea bugun, 16 iyul kuni soat 3:21 da röy bergan.
Mikroavtobus salonida bölgan 5 nafar Özbekiston fuqarosi turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Qozoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almaşinuvi davom etmoqda”, – deyiladi Özbekiston FVV matbuot xizmati xabarida.
eKaraganda naşrining yozişiça, Qarağanda viloyati politsiya departamenti hodisa yuzasidan suriştiruv işlarini boşlagan; mikroavtobus haydovçisi uxlab qolgan bölişi mumkinligi aytilmoqda.
- FVV bergan birlamçi axborotda mazkur YTH oqibatida ikki Özbekiston fuqarosi halok bölgani aytilgandi. Vazirlik matbuot xizmatining keyinçalik aniqlik kiritişiça, Qozoğiston mas’ul xizmatlari tomonidan mukammal örganilib, fuqarolarning şaxsiga aniqliklar kiritilganda, halok bölganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligi ma’lum böldi. Şu sababli mazkur xabar soat 10:44da tahrirlandi.












