Yevropa mamlakatlari COVID-19 bilan kasallaniş holatlari ösayotgani sababli epidemiologik nazoratni kuçaytirişi va himoya çoralarini körişi kerak, dedi JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi rahbari Hans Klyuge.
Uning sözlariga köra, hozirda BA.2 va BA.5 omikron-ştammlari çaqirgan yangi tölqin kuzatilmoqda.
JSSTning ma’lumot berişiça, Yevropada oxirgi olti hafta içida COVID-19ga çaliniş bilan boğliq holatlar uç baravarga köpaygan. Ötgan haftada qariyb 3 mln yangi holat qayd etilgan - bu butun dunyodagi yangi kasallaniş holatlarining deyarli yarmi hisoblanadi.
Taşkilot kuzda maktablar oçilib, odamlar ta’tildan qaytganidan söng şifoxonaga yotqiziliş darajasi ham ösişini kutmoqda.
Şu bois JSST mintaqaviy byurosi COVID-19 böyiça kuzgi-qişki strategiyani tayyorladi.
Unga köra, aholini emlaş miqyosi kengaytiriladi, beş yoşdan katta bolalar va zaif immunitetga ega odamlar buster doza bilan emlanadi, binolar içida va jamoat transportida niqob taqiş tavsiya etiladi.
Taşkilotning ma’lumotiga köra, ötgan sutkada dunyo böyiça 377 mingta yangi holat qayd etilgan.

















