Mahalliy aholi vakillarining xabar qilişiça, bugun, 19 iyul kuni taxminan 14:00 lar atrofida internetga ulaniş tiklangan.
Kun.uz boğlangan rasmiylar bu yangilikni tasdiqladi, biroq bu vaqtinça yoki doimiy holat ekaniga aniqlik kirita olmadi.
Nukuslik obunaçilarning ma’lum qilişiça, oradan ikki soatga yaqin vaqt ötib, soat 16:00 ga yaqin internet yana öçib qolgan. Rasmiylar bu borada izoh berişmadi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligining 6 iyuldagi bayonotida Qoraqalpoğistonda internet vaqtinça çeklangani “duşmanona kayfiyatdagi kuçlar”ning “populistik şiorlarni qalqon qilib, mobil aloqa va internet orqali feyk axborotlarni tarqatib, fuqarolarni ommaviy ravişda aksilkonstitutsion faoliyatga jalb qilişga uringani” bilan izohlangan edi.
TIV bayonotidan bir kun oldin BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Mişel Baçelet Özbekiston hukumatini internetga çeklovlarni bekor qilişga çaqirgan edi. U uşbu çora “boşqa huquqlar qatorida söz erkinligi va axborotdan foydalaniş kabi bazaviy huquqlarga keng ta’sir qilişi”ni ta’kidlagan.
Internet işlamayotgani Qoraqalpoğistonda naqdsiz tölovlarni amalga oşirişni imkonsiz qilib qöygan.
Eslatib ötamiz, 25 iyun kuni Özbekiston Konstitutsiyasini takomillaştirişga oid qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. Loyihaga kiritilgan Qoraqalpoğistonga oid takliflar qoraqalpoq jamoatçiligida turliça qarşi olindi. 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida ommaviy namoyiş va tartibsizliklar bölib ötdi. Buning natijasida rasmiylar ma’lumotiga köra 21 kişi vafot etgan, yuzlab kişi jarohatlangan.
Ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlar mol-mulki, davlat va ijtimoiy infratuzilma obektlariga yetkazilgan zarar miqdori hozirça 3 mlrd 147 mln sömga baholanmoqda.












