Özbekiston delegatsiyasining Qirğizistonga bölajak taşrifi haqida ma’lumot berildi.
2022 yil 19-20 iyul kunlari Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişida iştirok etiş uçun Çölponota şahriga (Qirğiziston) taşrif buyuradi.
Tadbir davomida mintaqaviy siyosat va xavfsizlik masalalari, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, ilmiy-texnikaviy va gumanitar almaşinuvning turli jihatlari muhokama qilinadi.
Taşqi işlar vazirlari yiğilişi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari törtinçi maslahat uçraşuvi arafasida ötkazilmoqda.
Bundan oldin 20-21 iyul kunlari Issiqköl viloyatining Çölponota şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvi bölib ötişi xabar berilgandi.
Uçraşuvda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov iştirok etadi.












