Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvilini qabul qildi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikka doir, eng avvalo, transport va logistika, savdo, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qöşma loyiha va dasturlarni ilgari suriş istiqbollari körib çiqildi.
Tranzit salohiyatini, şu jumladan mamlakatimiz yuklarini taşişda Poti va Batumi portlari infratuzilmasini samarali işga soliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston va Gruziya hududidagi erkin sanoat zonalarida yaratilgan qulay şaroitlarni hisobga olgan holda töqimaçilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun imkoniyatlar mavjudligi körsatib ötildi.
Bundan taşqari, madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş va sayyohlar oqimini oşirişdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş hamda özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.

















