Tbilisi meriyasi matbuot xizmati xabariga köra, 19 iyul kuni Özbekistonda taşrif bilan bölgan Tbilisi meri Kaxa Kaladze Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bilan birgalikda Şota Rustaveli haykali poyiga gul qöygan.
Tadbir davomida Toşkent şahar hokimi hokimlik Şota Rustaveli köçasi böylab tramvay qatnovini tiklaşni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Toşkentda tramvay liniyalari qurilişi 2023 yilda boşlanişi xabar qilingandi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, şaharda tramvay harakatini taşkil etiş böyiça işlar allaqaçon boşlangan: sobiq maşinistlarni qaytariş va xorijdan mutaxassislarni jalb qiliş jarayoni amalga oşirilmoqda. Xususan, Turkiya va Çexiyadan mutaxassislar taklif etilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida tramvaylarni Özbekiston poytaxtiga qaytariş rejalaştirilayotganini aytgan edi.
Toşkent tramvaylarining 115 yillik tarixi 2016 yilning may oyida yakuniga yetdi. Öşa yilning 2 may kuni 17-tramvay yönalişidagi «Beşqayrağoç – Otçopar bozori» tramvayi sönggi reysini amalga oşirdi.
Oradan köp ötmay, Samarqandda tramvaylar qatnay boşladi. Çexiyadan olib kelingan zamonaviy Vario LF tramvaylari poytaxtda 4 yil davomida işlatilganidan söng Samarqandga olib ketildi. 2017 yil aprel oyidan boşlab Samarqand şahrida «Sartepa – Temiryöl vokzali» va «Siyob bozori – Temiryöl vokzali» yönalişlari böylab tramvaylar qatnovi yölga qöyilgan. Bungaça Samarqandda tramvaylar 1947 yildan 1973 yilgaça harakatlangan.












