AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi va Veterinariya qömitasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Unda oziq-ovqat xomaşyosi va iste’mol mahsulotlarini işlab çiqariş, taşiş, saqlaş va sotiş faoliyati bilan şuğullanuvçi obektlar faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş samarali mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning ötgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlaniş qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar taşkil etgan. 

Vakolatli organni xabardor etgan holda respublikadagi 279 ta dehqon bozoridan 61 tasida sanitariya nazorati amalga oşirildi va ularning barçasida sanitariya qoidalari, normalariga rioya etilmayotgani aniqlangan.