Jaziramada muzdek suv yoki şarbat, albatta, jonning rohati. Sovitkiçdan olib iste’mol qilingan sersuv meva-sabzavotlar ham tanamizga xuş yoqişi tabiiy. Ayniqsa, bunday pallalarda muzqaymoqdan boş tortiş juda qiyin. 

Mutaxassislar esa yoz çillasida şu kabi mahsulotlar iste’molidan tiyilib turişni maslahat berişadi. Bu örinda gap faqat muzdek ne’matlarni tanovul qilib, tomoq yoki boşqa içki a’zolarni şamollatib qöyişdagina emas.

SSV matbuot xizmati bu masalada tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimovning fikrini söradi.

— Oqsilga boy mahsulotlarni hazm qiliş uçun organizm özidan juda köp issiqlik çiqarişi kerak, — deydi u. — Bu jarayon tibbiyotda termogenez deb ataladi. 

Sodda qilib tuşuntiraman. Jaziramada bitta muzqaymoq yedingiz. Vujudingiz qizib turibdi. Endi tanangiz oşqozonga tuşgan öşa muzday mahsulotni hazm qilişi zarur. Buning uçun, avvalo, uni normal haroratgaça qizdirişi kerak.

Bu jarayon esa organizmni zöriqtirişi barobarida, şundoq ham issiq tanada harorat oşişiga olib keladi. Oqibatda kuçli çarçoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Boş yoki yurak sohasida oğriqlar paydo böladi.

Şu ma’noda, yoz çillasida xona haroratida suv içiş va taom iste’mol qiliş tavsiya etiladi. 

Ba’zi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilişiga sabab bölib, peşob ajratiş jarayonini tezlaştiradi. Bu esa organizm suvsizlanişiga olib keladi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, quşqönmas şular jumlasidan.

Aççiq qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida aççiq ovqat ahvolni yanada yomonlaştirişi mumkin. 

Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuçli terlaşni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yöqotadi. 

Şunday ekan, anomal issiq haroratda parhez qiliş eng töğri va oqilona çora.