Uning fikriça, Markaziy Osiyo mintaqasi «barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, har tomonlama hamkorlik, tinçlik va farovonlikning keng hududiga» aylanişi kerak.
«Xavfsizlikka tahdidlarning oldini oliş böyiça yeçimlarni birgalikda işlab çiqiş uçun xavfsizlik kengaşlari kotiblari örtasida muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş mexanizmini işga tuşiriş zarur böladi. Bundan taşqari, men taşqi işlar vazirlariga muntazam ravişda, kamida olti oyda bir marta mintaqaviy va xalqaro muammolarning asosiy masalalariga muvofiqlaştirilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş böyiça uçraşuvlar ötkaziş vazifasini topşirişni taklif qilaman», — dedi u.
Mintaqaviy bölmagan strategik şeriklar bilan hamkorlik böyiça, Qozoğiston köp tomonlama formatlar doirasida Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi özaro hamkorlik konsepsiyasini qabul qiliş mumkin, deb hisoblaydi.
«Menimça, biz özimizni qat’iy geografik çegaralarga qulflab qöymasligimiz kerak. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari işida boşqa qöşni davlatlarning, masalan, Rossiya va Xitoyning oliy vakillari taklif etilgan mehmon sifatida iştirok etişlari mumkin. Işonçim komilki, bu, ayniqsa, aniq masalalarni körib çiqişda Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun foydali böladi», — dedi Töqayev.

















