Federal hay’at - AQŞda hakamlar hay’ati prezident Donald Trampning sobiq boş maslahatçisi 68 yoşli Stiv Bennonni 2021 yil 6 yanvar kuni Kapitoliyga hujumni tergov qilayotgan qonun çiqaruvçilar oldida guvohlik beriş uçun çaqiruv qoğoziga böysunmagani uçun AQŞ kongressiga hurmatsizlikda aybdor deb topdi. Qaror 22 iyul, juma kuni qabul qilindi. 

Bennon jarayonga çaqiruv qoğozi böyiça kelmagan va vakillar palatasi komissiyasi söragan hujjatlarni taqdim etmagan, şu sababli unga nisbatan AQŞ kongressiga hurmatsizlik böyiça ikkita ayblov qöyilgan.

12 nafar a’zodan iborat hakamlar hay’ati uç soatdan köproq vaqt davomida muhokama qilib, Bennonni ikkala moddada ham aybdor deb topdi. 

Endi Trampning boş strategi har bir ayblov böyiça kamida 30 kun va köpi bilan bir yil qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Hukm e’lon qilinişi 21 oktyabrga belgilangan. 

Vaziyatni şarhlar ekan, Stiv Bennon şunday ta’kidladi: «Biz bugun jangda yutqazgan bölişimiz mumkin, ammo bu uruşda mağlub bölmaymiz. Men - Tramp va konstitutsiya tarafidaman». 

Bir kun avval AQŞ kongressi Donald Trampni Kapitoliyga hujum vaqtida atayib heç qanday harakat qilmaganlikda ayblagan edi. 

AQŞda oraliq saylovlar 8 noyabrga belgilangan. 

2021 yil 6 yanvarda AQŞ prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan Donald Trampning Vaşingtondagi mitingda sözlagan nutqidan söng uning radikal tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirişdi, u yerda Senat va vakillar palatasi qöşma yiğilişi iştirokçilari ovoz beriş natijalarini tasdiqladi. Namoyişçilar binoga bostirib kirişga muvaffaq böldi, kongressdagi munozaralar bir neça soatga töxtatildi, qonun çiqaruvçilar evakuatsiya qilindi.

Tartibsizliklar iştirokçilari politsiya bilan töqnaşgan, politsiya esa közdan yoş oqizuvçi gaz bilan javob bergan. Milliy gvardiya Vaşingtonga yetib keldi. Töqnaşuvda beş kişi, jumladan bir politsiyaçi halok bölgan. Rasmiylar bir neça soatdan keyin yana kongress binosini nazoratga oldi. Keyingi haftalarda yana ikki politsiyaçi öz joniga qasd qildi. Tartibsizliklardan keyin 50 ga yaqin odam qölga olingan, ularning bir neçasiga ayblov e’lon qilingan.

Kapitoliyga hujumdan keyin AQŞ kongressi vakillar palatasining komissiyasi Trampning voqealardagi roliga oydinlik kiritiş uçun 140 mingdan ortiq hujjatlarni örganib çiqdi va 1000 dan ortiq guvohlar bilan suhbat ötkazdi. Iyun oyining boşidagi birinçi yiğilişida komissiya Vaşingtondagi tartibsizliklar uçun birinçi navbatda Trampni javobgar deb hisobladi. Sakkizinçi yiğilişdan söng komissiya işida tanaffus e’lon qilindi, sentabr oyida yangi eşituvlar ötkaziladi. Tramp öz aybini tan olmadi va 2024 yilda yana prezidentlikka nomzodini qöyişini istisno etmayapti.