Buxoroda ta’lim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan fuqaro qölga tuşdi. Bu haqda viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Şofirkon tumani Çandir qişloğida yaşovçi 1997 yilda tuğilgan A.Y. Muborak tumanidagi tibbiyot texnikumida işlovçi tanişlari orqali fuqaroni uşbu texnikumga öqişga kiritib qöyiş evaziga 1,5 ming dollar pulni firibgarlik yöli bilan talab qilib, Buxoro şahridagi savdo majmuasi oldida uşbu pullarni olayotgan vaqtda qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.