“Zör bölaman – deng! Bizga eng zör kadrlar kerak!”
|14:00 / 25.07.202222 5859 min
Xalqaro fan olimpiadalari haqida eşitgan bölsangiz kerak. Bu – matematika, fizika, kimyo, biologiya va şu kabi yana bir qança fanlar böyiça ötkaziladigan dunyodagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda har yili 150ga yaqin mamlakatlarning yuzlab iqtidorli, yuqori bilimga ega yoşlari iştirok etadi. 1997 yildan Özbekiston terma jamoasi ham Xalqaro matematika olimpiadasida qatnaşişni boşlagan va şundan beri özini körsatib kelmoqda. Şu vaqtgaça bu tanlovda jami 39 ta medal: 10 ta kumuş, 29 ta bronza medallari qölga kiritilgan.
Ammo bu raqamlar hali yetarli emas, oldinda bundan-da yuqori körsatkiçlar qayd etilişi kerak. Ğijduvon tumani hokimi Şerzod Aşurov mana şu maqsad yölida bir qança işlarni olib bormoqda. Qahramonimiz qilayotgan taşabbuslari orqali Özbekistonning ta’lim tizimini yaxşilaş niyatida.
Yangi hokim va “Ğijduvon olimpiada terma jamoasi”
2021 yil 12 avgustda viloyat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Şerzod Aşurov Ğijduvon tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Şu vaqtdan boşlab, u maktab ta’limiga alohida e’tibor qaratişni boşladi va dastlab hokimlik binosidagi özi uçun ajratilgan xonani “Olimpiada terma jamoasi” uçun böşatib berdi.
“Olimpiada terma jamoasi” uçun hokimlik binosidagi hokim xonasi
Terma jamoa şakllantirildi
Xalqaro miqyosdagi olimpiadada qatnaşiş va unda faxrli örinlarni egallaş oson emas, demak, “Ğijduvon olimpiada terma jamoasi”ga kuçli yoşlar tanlanişi kerak. Şu sababli dastlab tumanning 67 ta maktabidan öquvçilar saralana boşlandi.
Bu jarayonda barça maktabning 7-sinf öquvçilari fizika va matematika fanlaridan 3 bosqiçda imtihon topşirişdi. Avvaliga test sinovlari, keyin yozma şaklda masala yeçiş va eng sönggi, uçinçi bosqiçda suhbat jarayoni böldi. Şulardan muvaffaqiyatli ötgan 30 nafar bola jamoaga qabul qilindi.
Öqitiş jarayoni ötgan yildan boşlab yuborilgan. Hozirda bolalar bilan hududning eng yaxşi mutaxassislari olimpiadaga möljallangan öquv qöllanmalari asosida şuğullanib, ingliz tili, fizika va matematika fanlarini çuqur örgatişmoqda. Natijaga 2 yilda erişiş, ya’ni birinçi yil respublika fan olimpiadalarida yutiş, keyingi yili esa xalqaro maydonga çiqib, oltin medallarni qölga kiritiş maqsad qilingan.
Mavzuga oid
Hali bu muddat ötganiça yöq, şunday ekan hozirça öquvçilarga omad tilagan holda jarayonni kuzataveramiz.
Bundan taşqari, hokimning yana bir loyihasi köpçilikka manzur böldi.
Ğijduvon tumani hokimi Şerzod Aşurov
Talabalik va “repetitor”likka tayyorgarlik
Gap şundaki, Ğijduvondagi barça oilalar ham öz farzandini qöşimça darsga bera olmaydi. Çunki bunga moddiy şaroit yöl qöymaydi. “Olimpiada terma jamoasi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida öquvçilarni talabalikka, öqituvçilarni esa “repetitor”likka tayyorlaş boşlandi.
Bunda 14 ta maktabning salohiyati unça yuqori bölmagan ustozlari repetitorlar tomonidan öqitildi. Ularning bilimi va tajribasi oşirilgaç esa öqituvçilar “repetitor”lik qilişni boşlaşdi.
E’tibor qaratiladigan bölsa, bu yerda “bir öq bilan bir neçta quyon urilgan”iga guvoh böliş mumkin. Ya’ni öqituvçilar öz ustilarida işlab, bilimlarini oşirmoqda va bu orqali qöşimça daromad olişmoqda. Öquvçilar esa özlarining maktablaridagi unça qimmat bölmagan qöşimça darslarga qatnaşib, talabalikka tayyorgarlik körişyapti.
Ota-onalar maktablarda navbatçilik qilişmoqda
Samaradorlikni oşiriş maqsadida Ğijduvon hokimligi maktablarda ota-onalar navbatçiligini ham yölga qöydi. Bunda har bir öquvçining ota-onasi jadval asosida darslarda kuzatuvçi bölib iştirok etmoqda. Bu orqali ular farzandlarining fanlarni qay darajada özlaştirayotganini kuzatib borişi, qolaversa, öqituvçilarning dars beriş mahorati bilan ham tanişib borişi mumkin.
Buning natijasida tumandagi 52,5 ming öquvçidan kariyb 18 mingtasining özlaştiriş samaradorligi oşdi. Ular qöşimça darslarga ham qatnay boşlaşdi.
“Repetitor”larga qatnaydiganlarning soni ortgani sayin joylarning yetişmovçiligi ham kuzatilişi tabiiy. Bu muammoni bartaraf etiş uçun hududlardagi eski uylar ta’mirlanib, öquv markazi sifatida faoliyati yölga qöyildi. Ayni vaqt u yerda köplab yoşlar ilm oliş bilan band.
Şuningdek, Ğijduvon hokimining taşabbusi bilan mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, oliygohga kirişni, öqişni istaganlarga bepul dars ham berilmoqda.
“Hokim olimpiadasi”
Maktablarda har çorakda “Hokim olimpiadalari” taşkil etilayotgani ham bolalarning bilimini yanada mustahkamlamoqda. Boisi, bu musobaqa yiliga 4 marotaba ötkaziladi. Doimiy va takroriy ravişda ötayotgan tanlovda 5-9 sinf öquvçilari ingliz tili, tarix, fizika, matematika fanlaridan testlarni yeçib, şu yösinda pişib borişyapti.
Bir oyda 2 ta kitob, bitta sayohat
Tuman hokimining yana bir qilgan ajoyib taşabbusi kitobxonlik aksiyasi böldi. Bunda öquvçilar şunçaki berilgan uzun-uzun röyxatni emas, balki sinflar kesimida berilgan 2 tadan adabiyotni bir oyda öqib tugatişi va kengaşning savollariga javob berişi kerak böladi.
Yaxşi javob bergan va e’tibor bilan asar öqiganini isbotlagan öquvçilar Özbekistonning turli joylariga sayohatga olib borilmoqda. Barça xarajatlar tuman hokimligi hisobidan qoplanadi.
E’tibor qaratsak, bu jarayonda bolalar sayohat qiliş uçun bir oyda 2 ta kitob öqişga muvaffaq bölişyapti. Har oydan hisoblaganda, bir yilda ularning soni qançaga yetişi mumkin? Albatta, talaygina böladi.
Bu işlar davomida yana bir katta masala yuzaga kelgan. Öqişni, talaba bölişni istamaydigan ösmirlar, bitiruvçilar masalasi… Xöş, bu böyiça nimalar qilindi, sizningça?
“Öqimasalar, kasb örgansin!”
Tahlillarga köra, Ğijduvondagi 3 ming 362 nafar yoş OTMga kirişni, 201 nafari turli sohalardagi texnikumlarda öqişni hamda 363 nafari esa hunar örganişni tanlagan. Jami 564 nafar bitiruvçining hozirça kelajak hayoti uçun aniq bir maqsad qöymagani ma’lum bölgan.
Şerzod Aşurov mana şu maktab bitiruvçilari bilan uçraşdi. Suhbat davomida ular öqişni emas, balki hunar egasi bölişni tanlaşgani ma’lum böldi.
Şerzod Aşurovning fikriça, har bir inson u ilm-fan sohasida ketadimi yoki kasb-hunar örganadimi, izlanişi va oliy ta’lim olişi zarur.
Kasb-hunarda bölsa ham ma’lum darajadagi mutaxassis bölişni xohlagan qizlar tikuvçilik sexiga işga joylaştirildi.
Maktab öquvçisining yaxşi ta’lim olib, OTMga kirganining özi yetmaydi. Bu jarayondagi keyingi qadam, ya’ni yaxşi işga joylaşiş juda muhim. Tuman hokimi Şerzod Aşurov bitiruvçi talabalarning bu boradagi rejalarini biliş maqsadida OTMga bordi va yoşlar bilan suhbatlaşdi.
Ğoya boşqalar bilan ulaşilmoqda
Ğijduvonning qariyb bir yillik tajribasi samarali ötgaç, uning xaridorlari köpayib qoldi. Buxoroning bir qança tumanlari bilan birga, umuman boşqa viloyatlardagi maktablar ham Ğijduvonga kelib, ta’limdagi loyihalarni örgana boşlaşdi.
Bu orada tumanda yoş rassomlar tanlovi ham ötkazildi. Unda 500 nafardan ortiq ijodkorlar qatnaşdi. Tanlovda ilk marotaba suratlarning kimoşdi savdosi taşkil qilinib, bu orqali 300 dan ortiq suratlar qariyb 20 million sömga sotildi.
Yil davomida yaxşi natijalarga erişgan maktablarning direktorlari rağbatlantirildi. Ularga "Xumson sanatoriyasi"ga dam oliş uçun imkoniyat taqdim etildi. Şuningdek, öquv yili yakuniga köra, eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan 3 nafar maktab direktori Dubayga boradigan böldi.
Bilasizmi, nima? Eng yaxşi investitsiya bu – ta’limga kiritilganidir. Çunki u ertaga bir neça yuz barobar köproq bölib qaytib keladi.