Bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari Ğijduvon tuman Kengaşining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi özgarişi taşkiliy masala sifatida körildi.

Sessiya davomida Ğijduvon tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Murodjon Umarov öz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan va viloyat hokimi Botir Zaripov tuman hokimligiga ayni vaqtga qadar Buxoro viloyat Davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Şerzod Aşurov nomzodini tavsiya qilgan.

Taklif Xalq deputatlari Ğijduvon tumani Kengaşi deputatlari tomonidan ma'qullangan. Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov Ğijduvon tumani hokimi etib tasdiqlangan. 

Soliq qömitasi xabariga köra, Şerzod Aşurov 2018 yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan.

Ma'lumot uçun, Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari bölgan Murodjon Umarov 2016 yilda Ğijduvon tumani hokimi etib tayinlangandi.