Bir qator transport vositalaridan utilizatsiya yiğimi olinadi
Utilizatsiya yiğimi stavkalari va utilizatsiya yiğimi tölanadigan ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalari röyxat asosida tasdiqlangan.
Asos: «Ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari uçun utilizatsiya yiğimini joriy etiş töğrisida»gi hukumat qarori.
Utilizatsiya yiğimi: Bu import avtomobillar narxiga ta'sir qiladimi?
Qonunçilik palatasi: «Utilizatsiya yiğimi mahsulot narxiga ta'sir körsatmaydi»
Ayrim transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinadi
8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk taşişga möljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar böyiça transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinadi.
Asos: «Taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori.
1 avgustdan Özbekistonga xorijdan avtomaşina olib kiriş qançaga arzonlaşadi?
Aksiz soliği import maşina narxiga qançalik ta'sir etadi? Importyor kompaniya direktori bilan suhbat
Davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan röyxat böyiça import qilinadigan iste'mol tovarlarining ayrim turlari işlab çiqaruvçi tomonidan Özbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştiriş taqiqlanadi (qonun hujjatlaridagi istisnolardan taşqari).
Asos: 2018 yil 29 iyundagi «Özbekiston Respublikasining taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga soliş hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga soliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3818-son qaroriga qöşimça kiritiş töğrisida»gi prezident qarori.
Senatda Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçilari hisobotini eşitiş tizimi yölga qöyiladi
Oliy Majlis Senatida Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçilari hisobotini eşitiş, şuningdek, aholini taşvişga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qiliş maqsadida örganilgan masalalar böyiça bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida Senat kengaşi va qömitalarining sayyor majlislarini ötkaziş tizimi yölga qöyiladi
Asos: 2020 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni.
Ayrim teatrlarda çiptalarni sotiş Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi (BOYaET) orqali amalga oşiriladi
1 avgustdan boşlab, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri, Özbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatri va «Buxoro» davlat muzey-qöriqxonasida çiptalarni sotiş BOYaET orqali amalga oşiriladi.
Asos: «Özbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oşiriş töğrisida»gi hukumat qarori.
Temir yöl transporti taşkilotlari özlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalaydi
Bu orqali temir yöl transporti taşkilotlari bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat içidagi harakatlari haqidagi ma'lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beğaraz tarzda taqdim etib boradi.
Asos: «Bojxona ma'muriyatçiligini isloh etiş va Özbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni.
Ayrim davlat taşkilotlari huzurida nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça apellyatsiya kengaşlari taşkil etiladi
Eksperiment tariqasida Davlat bojxona qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi hamda Namangan, Buxoro va Toşkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organlari örtasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça apellyatsiya kengaşlari taşkil etiladi.
Şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari yoki mansabdor şaxslarning ğayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida öz huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari buzilgani haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengaşi tomonidan körib çiqilişi tartibi örnatiladi.
Asos: «Nizolarni muqobil hal etişning mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori.
Majburiy ijro byurosining ayrim vakolatlari boşqa taşkilotlarga ötkaziladi
1 avgustdan boşlab, MIBning:
- elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning zamonaviy avtomatlaştirilgan tizimlari, şuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilişini taşkil etiş va uşbu jarayonlar ustidan monitoring ötkazişga doir vazifa va vakolatlari ― Energetika vazirligiga;
- elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişini ta'minlaş, iste'molçilarning qarzdorligi kamaytiriş, şuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste'molini hisobga oliş böyiça vazifa va vakolatlari ― tegişliça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning hududiy korxonalariga va «Hududgazta'minot» AJning hududiy gaz ta'minoti taşkilotlariga;
- elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, talon-toroj holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini olişga doir vazifa va vakolatlari ― tegişliça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning hududiy korxonalariga va «Hududgazta'minot» AJning hududiy gaz ta'minoti taşkilotlariga hamda öz vakolatlari doirasida tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ötkaziladi.
Asos: «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotiş mexanizmini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni.
Andijon, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlarida «oçiq osmon» rejimi joriy etiladi
Reyslar soni va yönalişlari böyiça çeklovlarni bekor qilişni, şuningdek, xorijiy aviakompaniyalarga 5-darajadagi «havo erkinligi»ni taqdim etişni nazarda tutuvçi «Oçiq osmon» rejimi Andijon, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi.
Şuningdek, investorlarning yölovçi taşuvçi yangi dor yöllarini («Çorvoq» erkin turistik zonasi hududida taşkil etilayotganlardan taşqari) tegişli xavfsizlik darajasini ta'minlagan holda quriş va jihozlaş uçun yönaltirilgan xarajatlarining bir qismi ularni 2023 yil 31 dekabrga qadar foydalanişga topşiriş va uzunligi bir tomonga kamida 500 metr böliş şarti bilan har bir 500 metr yöl uçun davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar hisobidan 1 milliard söm miqdorida qoplanadi. Bunda yölovçi taşuvçi yangi dor yöllarini quriş va jihozlaş böyiça dastlabki 50 ta loyihaga yönaltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi.
Bundan taşqari, gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakçisi va yöriqçi-yöl boşlovçilarning xizmatlari özini özi band qiladigan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga kiritiladi.
Asos: «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuçaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori.
HETKlar tomonidan sotib olinadigan muqobil energiya tarifi belgilanadi
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi işga tuşiriladigan quyoş, şamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1 MVt gaça bölgan mikro va kiçik gidroelektrstansiyalardan, şu jumladan öz ehtiyojlari uçun işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib oliş böyiça tarif, sotiş, tarqatiş va yetkazib beriş xarajatlarini çegirib taşlagan holda, II tarif guruhi iste'molçilari darajasida belgilanadi.
Asos: «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oşiriş va mavjud resurslarni jalb etiş orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilği-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori.
«Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida»gi qonun kuçga kiradi
2019 yil 7 noyabrda imzolangan «Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida»gi qonun joriy yilning 1 avgustidan boşlab kuçga kiradi.
Qonun köp kvartirali uylardagi turar joylar va yaşaş uçun möljallanmagan joylarning mulkdorlari, köp kvartirali uyni boşqaruvçi taşkilotlar va boşqaruvçilar, uy-joy mulkdorlarining şirkatlari, şuningdek faoliyati köp kvartirali uylarni boşqariş bilan boğliq bölgan boşqa şaxslarning özaro munosabatlarini tartibga soladi.












