“Sanksiyalar YeOIIga a’zolikni mantiqsiz qilib qöyadi” - Doniyor Ğaniyev
|02:13 / 26.07.202221 66910 min
“Agar taşkilot özi jozibador bölsa, a’zolik uçun boşqa davlatning orqasidan quvlab yurmaydi”, deydi deputat Doniyor Ğaniyev. Uning fikriça, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining organlari mustaqil emas va köproq Rossiya manfaatiga xizmat qiladi, bu esa taşkilotning kelajagini savol ostiga qöyadi.
Oliy Majlis deputati Doniyor Ğaniyev Kun.uz'ga bergan intervyusida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo taşkilotiga a’zolik, Yevropa sanksiyalari ostida qolgan Rossiya iqtisodiyoti va buning Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri borasida ham fikrlarini bildirib ötdi.
Doniyor Ğaniyev mavzu borasidagi fikrlari davomida avvalo YeOII va JST ayrim tahlilçilar aytayotgani kabi bir-biriga qarşi taşkilot emasligi haqida gapirdi.
“Köpçilikda şunday tuşunça bor, göyoki Jahon savdo taşkiloti va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bir-birini inkor qiluvçi taşkilot.
Bunda odamlar bir taşkilotga a’zolik ikkinçi bir taşkilotga a’zolikning yölini tösadi, deb öylaşadi. Şu nuqtayi nazardan, tahlilçilar orasida ham qaysi taşkilotga birinçi a’zo böliş kerak mavzusida dilemma ketayotgandek”, – dedi u.
Şu bilan birga deputat sayt muxbirining Özbekistonning JSTdan avval YeOIIga a’zo bölişi uning JSTga kiriş borasidagi harakatlarini mantiqsiz qilib qöymaydimi, degan savolini ham inkor qilmadi.
“Mantiqsiz qilmaydi-yu, lekin qiyinlaştirib yuboradi. Qaysi ma’noda?
Hozir JST bilan köp tomonlama muzokaralarimiz ketyapti. Bunda işçi guruh tomonidan Özbekistonning taşqi savdo, soliq, bojxona ma’murçiligi kabi köplab jihatlari örganiladi. Ayni şu örganişlar natijasida faktologik xulosalar işlab çiqiladi.
Bundan taşqari, işçi guruhga texnik jihatlar, intellektual mulk va boşqa köplab sohalar böyiça ham ma’lumotlar berilgan. Hozir bu jarayonlar davom etyapti. Ayni paytda biz 40 ga yaqin davlat bilan muzokaralar ötkazyapmiz, şartnomalar kelişilmoqda.
Şu kabi talab, kelişuvlar YeOII bilan ham böladi. Bu taşkilot ham bizga öz talablarini qöyadi. Bu talablar qaysi mahsulotlarga qöşimça tariflar paydo bölişi yoki qaysi davlatlar bilan aloqalarga çeklovlar bölişi mazmunida.
Agar Özbekiston avval YeOIIga a’zo bölib, keyin JSTga kirişga harakat qilsa, bu jarayon qiyinroq böladi. Çunki JSTning talablari YeOIIda olgan ba’zi majburiyatlarimizga zid kelib qolişi mumkin. Lekin hozir YeOIIga a’zo davlatlarning deyarli barçasi JSTga ham a’zoligini körişimiz mumkin.
Mavzuga oid
Şu nuqtayi nazardan biz uçun avval JSTga kirib, keyin YeOII bilan hamkorlik qiliş töğriroq böladi.
Çunki JST bilan aloqalarga kirişib oladigan bölsak, YeOII oldiga ham öz talablarimizni qöya olamiz.
Men bu şartlarni JSTda kelişganman, desak, bizda YeOIIdagi doirani kengroq oliş imkoniyati paydo böladi”, – dedi Ğaniyev.
Deputat intervyu davomida Özbekistonga uni YeOIIga olib kiriş böyiça bosimlar bormi mazmunidagi savolga ham javob berdi.
“Töğri, bosim deb aytiş ham mumkin yoki e’tirof deb ham. Masalan, taşkilot öziga yangi a’zo qöşiş uçun yopişayotgan bölişi ham mumkin. Buni hamma öziga xos talqin qiladi.
Fikrimça,taşkilot özi yaxşi, jozibador bölsa, a’zolik uçun boşqa davlatning orqasidan quvlab yurmaydi. Unga qöşilmoqçi bölayotgan davlatning özida a’zolikka qiziqiş böladi”, – dedi u.
Doniyor Ğaniyevga köra, bugungi kunda Özbekiston hukumati uçun YeOIIga a’zolik kun tartibidagi masala emas.
“Hukumatning ikki taşkilot borasida hozirgi pozitsiyasiga keladigan bölsak, Taraqqiyot strategiyasida ham, davlat rahbarining prezidentlikka kirişişdagi ma’ruzasida ham ustuvorlik Jahon savdo taşkilotiga berilyapti, YeOIIga emas.
Hozir heç qayerda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş haqida gap yöq. Biz köp tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqçimiz.
Istaymizmi-yöqmi, Rossiya va Qozoğiston – eng katta hamkorlarimiz. Bu davlatlar bilan ittifoqdan taşqari ham töğridan töğri aloqalarimiz, erkin savdo bitimlarimiz bor.
Biz hamma bilan teng muvozanatli, iqtisodiy diplomatiyaga asoslangan aloqalar olib boryapmiz. Hamma bilan, kerak bölsa, Afğoniston bilan ham yaxşi böliş – siyosatimiz. Şu nuqtayi nazardan YeOIIda kuzatuvçi böliş bu – sixni ham, kabobni ham kuydirmaydigan holat”, – dedi u.
Qonunçilik palatasi deputati YeOIIga a’zo davlatlarning taşkilotdan noroziligi ortib borişiga qanday omillar sabab bölayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.
“Taşkilot yirik bölarkan, iş jarayonida albatta qandaydir kelişmovçiliklar, e’tirozlar ham böladi. Bu – tabiiy. Biz bu kabi holatlarni Yevropa Ittifoqida ham köramiz. Deylik, Fransiya yoki Germaniyaning qaysidir taklifiga şarqiy Yevropa davlatlarida e’tiroz bölişi mumkin. Bu yerda asosiy masala öşa e’tirozlarning yeçimi qay tarzda hal qilinişida. Çunki bu kabi taşkilotning muvaffaqiyati öşa taşkilotda tuğilgan muammolarni hal qila oladigan institutlarga ega ekanidadir.
Bilamiz, YeOIIda ham komissiya, oliy konsul va öz sudi bor. Lekin afsuski, bu taşkilotda tomonlar örtasida muammolarni hal qila oladigan va manfaatlarni teng uşlab, uni joriy qila oladigan institutlar şakllanmagan. Amaldagi sud va institut esa köproq Rossiya manfaatiga xizmat qiladi, faqat şu davlat manfaatlarini ilgari suradi.
Toki bu institut mustaqil qarorlarni ijroga keltira olmas ekan, taşkilotdagi bu kabi kelişmovçiliklar davom etaveradi. Şuningdek, kerakli çoralar körilmasa, vaqti kelib u umuman boşqa tomonga ketadigan ittifoqqa aylanib qoladi. Bu eng katta muammo.
Ikkinçidan, öylaşimça, bu ittifoqda kuçlar balansi yöqligi yana bir katta muammodir. Biz eng muvaffaqiyatli taşkilotlar – Yevropa Ittifoqi yoki Janubiy Osiyo mamlakatlari ittifoqini tahlil qilganimizda ham ularda kuçlar nisbati mutanosib ekanini köramiz.
Bu tiyib turiş hisobiga esa kiçik mamlakatlarning huquqlari buzilmasligi ta’minlanadi. Afsuski, YeOIIda bu holatni körmaymiz. Rossiya – har tomonlama asosiy kuç. U deyarli 90 foizli bozorni egallab turibdi. Bojlardan tuşadigan daromadda ham şunday.
Mana şunday ustunlik bölib turgan şaroitda mustaqil institutlar bölmasligi taşkilot kelajagini katta savolga qöyadi. Buni hozirgi geosiyosiy vaziyatlar fonida ham yana bir bor kördik. Umuman, uruşdan avval ham Rossiya va Belarus, Rossiya va Qozoğiston, Qozoğiston va Qirğiziston örtasida mana şunday kelişmovçiliklar bor edi va ular bu masalalarni hal qilolmayotgandi.
Hozir uruş şaroitida Rossiyaga nisbatan yangidan yangi sanksiyalar qöllanmoqda. Bu sanksiyalar oqibatida esa, tahlilçilar fikriça, Rossiya iqtisodiyoti kamida 10, bölmasa 15 foizgaça qisqaradi. Bu ittifoqqa a’zo davlatlarga ham jiddiy ta’sirini körsatadi. Jumladan, Rossiya iqtisodiyotining 10 foiz qisqarişi YeOII iqtisodiyotining 8 foiz qisqarişiga olib keladi.
A’zolikning siyosiy jihatlarini qöya turaylik, iqtisodiy jihatdan ham taşkilotning biz uçun eng jozibador jihati Rossiya bozori bölsa, u ham bugungi sanksiyalar orqali toksik zaharlangan hududga aylanib qoldi. Bu bozorga avval qiziqqanlar ham hozir tormozni bosadi.
Hozirgi şaroitda nafaqat Özbekiston, balki taşkilotga a’zo bölişni istagan boşqa davlatlar ham orqaga bir qadam taşlaydi. Bunday pallada kutiş va vaziyatni kuzatiş juda muhim.
Özingiz öylang, eng jozibali bozor yiliga 10-15 foiz qisqarib borsa, bunday taşkilotga a’zolikdan manfaat nimada qoladi?
Bu orqali a’zo davlatlarning ham iqtisodiyoti qisqaradi. Kimnikidir 5, kimnikidir 10 foiz.
Qolaversa, rublning agressiv siyosati. Ya’ni rublga qarşi boşlangan çoralar içida qator rus banklari ham töliq SWIFT tizimlaridan uzildi. Buning natijasida esa Markaziy Osiyo davlatlarining valutasi rublga nisbatan keskin qadrsizlanişda davom etmoqda. Bu esa öz-özidan inflatsiyaga olib kelyapti.
Töğri, hozir taşkilotga a’zolikning beradigan imkoniyatlari haqida ham gapirilyapti, lekin men bu mazmundagi fikrlarga unçalik qöşilmayman. Çunki biz sanksiyalar deganda faqat kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini tuşunyapmiz. Buni Qozoğiston, Armaniston orqali eksport qilaveradi, degan tuşunça bölyapti. Yöq, bu çeklovlarning eng oğir qismi ilm-fanga oid, şuningdek, harbiy va innovatsion mahsulotlarga nisbatan qöyilayotgan çeklovlardir.
Coca-Cola, MsDonald’s – bu sanksiyalarning iste’molçiga köringan jihatlari va ularning iqtisodiyotga zarari u qadar katta emas. Bular – örnini töldiriş mumkin bölgan mahsulotlar. Rossiya iqtisodiyotiga eng katta zarba zamonaviy texnologiyalar va uskunalar eksporti taqiqlanişidir.
Agar Yaponiya, Janubiy Koreya kabi ilğor davlatlar öz çeklovlarini uşlab tursa, yaqin va örta muddatda Rossiya iqtisodiyotining juda katta körsatkiçda qisqarişini kutişimiz mumkin.
Bu kabi çeklovlar şuningdek, YeOIIga a’zolikni ham mantiqsiz holatga olib kelib qöyadi. Çunki siz qaçon biror taşkilotga kirasiz, qaçonki öşa taşkilotdan sizga manfaat kelsa. Hozirgi şaroitda har qanday mantiqli odam bu taşkilotga a’zolikni ortga surib turadi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekistonning kuzatuvçi pozitsiyasi töğri bölganini vaziyatning özi yana bir bor körsatmoqda.
Menimça, biz şu pozitsiyada davom etişimiz kerak. Ikki davlatning duşmanligi bizning manfaatlarga xalaqit bermasligi kerak”, – dedi deputat Doniyor Ğaniyev.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.