Kreml Vladimir Putin Moskvada bölib turgan Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoder bilan muloqot ötkazişi mumkinligini istisno qilmadi.
«Bizga ma’lum bölişiça, u [Şryoder] darhaqiqat Moskvada. Uçraşuv rejalaştirilmagan, lekin muloqotni istisno qilmaymiz», — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Şryoder Moskvaga bir neça kunga kelgan bölib, u bu haqda NTV telekanali muxbiriga bergan intervyusida aytdi.
«Men bu yerda bir neça kunlik ta’tildaman. Moskva gözal şahar», dedi u.
Şryoderning rafiqasi So Yon Kim-Şryoder Spiegel naşriga bergan intervyusida sobiq kansler Moskvaga energetika siyosati böyiça muzokara ötkaziş uçun kelganini aytdi.
Gerhard Şryoder Moskvaga oxirgi marta mart oyida, Putin bilan Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»ni muhokama qiliş uçun kelgandi.
1998-2005 yillarda Germaniya hukumatini boşqargan Gerhard Şryoder köp yillar davomida Rossiya davlat kompaniyalarida işlagani va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan döstligi uçun tanqid ostiga olingan.

















