Qayd etilişiça, sönggi yillardagi iqlim özgarişlari paxtaçilik oldiga yangi vazifalar qöymoqda. Ön kundan beri kunduzgi harorat 43 darajadan yuqori bölmoqda. Bu paxtaçilik uçun favqulodda vaziyat. 

“Lekin barça imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qoliş zarur. Buning uçun uruğçilik, nav tanlaş, öğitlaş, suğoriş va zararkunandalarga qarşi kuraşişni ilmiy yondaşuvlar asosida yölga qöyiş kerak”, deyiladi rasmiy xabarda.

Bildirilişiça, yiğilişda innovatsion rivojlaniş vaziri, Paxtaçilik kengaşi raisi Ibrohim Abdurahmonov kengaş tomonidan amalga oşirilayotgan işlar töğrisida hisobot berdi.

Kengaş a’zolari olim va mutaxassislar bilan birga Quyi Çirçiq, Sayxunobod, Navbahor, Narpay, Vobkent va Qoraköl tumanlariga borib, haqiqiy ahvolni örgangan. Uruğlik paxta ekilgan maydonlarda köçat tiğizligi me’yorga nisbatan 35-40 foizga oşirib yuborilgani aniqlangan. Ayrim dalalarda ğöza tepasida hosil deyarli yöq, pastida esa 2-3 ta kösak bor. Zararli haşarot va kasallik turlari köpaygan.

Yiğilişda bunday holatda ğözani parvarişlaş va hosildorlikni ta’minlaş böyiça tavsiya va körsatmalar aytib ötildi. Ularni barça hududlarda amalga oşiriş böyiça “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilindi. Klaster va fermerlar dalasiga borib, ilmiy yondaşuv va yangiliklarni tuşuntiriş zarurligi ta’kidlandi.

– Iqlim özgarişi kelgusida ham salbiy ta’sir körsatişini hisobga olib, iş tutişimiz kerak. Bu masalaga ilmiy yondaşiş şart, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Viloyat hokimlari uşbu dolzarb kunlarda qilinadigan işlar böyiça axborot berdi.