Bildirilişiça, uçraşuv Özbekistonning ŞHTga amaldagi raisligining eng muhim voqealaridan biridir. Tadbirda ŞHTga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirliklari rahbarlari, şuningdek, ŞHT boş kotibi va MATT ijroiya qömitasi direktori iştirok etadi.

Yiğilişda ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengaşining 2022 yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötadigan majlisiga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. ŞHTning navbatdagi sammiti uçun salmoqli hujjatlar töplami ma’qullanişi kutilmoqda.

Ular orasida Özbekiston tomoni taşabbusi bilan işlab çiqilgan uzoq muddatli yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani amalga oşiriş majmuaviy rejasi, özaro boğliqlikni rivojlantiriş va samarali transport yölaklarini yaratiş böyiça hamkorlik konsepsiyasi, işbilarmon doiralar örtasida sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş dasturlari, «ŞHT yaxşi niyat elçisi» faxriy unvoni töğrisidagi nizom bor.

ŞHTga a’zo davlat, kuzatuvçi davlat va ŞHT muloqot böyiça hamkori maqomini oliş uçun tuşgan arizalar körib çiqiladi. Vazirlar ŞHT faoliyati turli yönalişlaridagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş, xalqaro şeriklar bilan institutsional aloqalarni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qiladi.

Bundan taşqari, mintaqaviy va global kun tartibi dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiş ham vazirlar yiğilişi kun tartibidan örin olgan.