“Oxirgi paytlar Şaxmat federatsiyasida bölayotgan işlar haqida jurnalistlar savollar yuborişdi va hammaga birdaniga javob bermoqçiman. Ular “Ketişingizga haqiqatan Turdialiyev sabab bölganmi?” deb söraşyapti. Haqiqatan, ketişimga Turdialiyev sabab bölgan”, dedi Gulruxbegim videomurojaat tarzidagi javobida.

Gulruxbegim Tohirjonova 2020 yilning oxirida AQŞning Missuri universiteti jamoasiga qöşilgan va ayni paytda xalqaro musobaqalarda AQŞ şarafini himoya qilib keladi.

Xalqaro grossmeysterning aytişiça, Özbekiston şaxmat federatsiyasi u va opalari (Nafisa Möminova, Hulkar Tohirjonova)ga xalqaro turnirlarda Özbekiston şarafini himoya qiliş imkonini bermagan.

“Şu sabab Özbekiston şarafini himoya qiliş imkonimiz bölmagan. Bundan taşqari, 15 yil davomida federatsiya tomonidan heç qanday moliyaviy yordam, köllab-quvvatlov bölmagan. Bunga öxşaş vaziyatlar köp, ular haqida gapirib ötirmayman”, – deydi Gulruxbegim Toxirjonova.

Sportçi “Özbekistonga qaytib kelasizmi?” degan savolga ham javob berdi.

“Şaxmat federatsiyasiga yangi rahbar – Aziz Abduhakimov kelgandan söng juda yaxşi özgarişlar böldi. U yaxşi sovğalar bilan musobaqalar taşkil qildi. Özbekiston şaxmatiga bölgan qiziqiş, munosabat özgaryapti. Bularni körib xursand bölyapman.

Albatta, men ham federatsiyada özgarişlar bölsa, Özbekistonga qaytişim mumkin. Men Özbekiston şarafini himoya qilişdan xursand bölaman. Biroq hozirgi şaroitda ösişim uçun boşqa davlatga ketişim kerak degan qarorga kelgandim. Agar federatsiyada özgarişlar bölsa, men, albatta, Özbekistonga borib yurtim şarafini himoya qilaman”, – deydi Gulrux Tohirjonova.

Avvalroq, Kun.uz suriştiruvida Şaxmat federatsiyasi balansidagi “Malibu” avtomaşinasi bozor bahosidan qariyb 3 barobar arzonroq – 53 mln sömga sotilgani, uni sotib olgan MÇJ direktori – federatsiya raisining birinçi örinbosari Husan Turdialiyev ekani, federatsiyadan mazkur MÇJga ötkazib berilgan 1 mlrd sömdan oşiq mablağ 6 nafar jismoniy şaxsning plastigiga (!) tuşirib berilgani