Lavrov vazirlar kengaşi yiğilişidan söng taşkil qilingan brifingda ŞHT davlatlari AQŞ dollaridan voz keçişi borasidagi savolga javob berdi.

“Buni ŞHTga a’zo bölgan davlatlarning özi hal qilişi kerak. Dollarga tayanib özini qançalik qulay his qilişi, uşbu valutaning işonçliligi hamda suiiste’mol qilinişi holatlarini hisobga olgan holda. Amerikaliklar buni qator davlatlarda bir neça marotaba işlatişgan.

Işonçim komilki, ŞHT davlatlarining tahlil markazlari [dollar bilan boğliq] vaziyatga baho berib, xulosa qiladi hamda öz manfaatlaridan kelib çiqib amaliy qadamlar taşlaydi. Bugun davlat rahbarlari [tasdiqlaşi] uçun ma’qullangan yöl xaritasi ham vaziyat qay tomonga ketayotganini körsatib turibdi”, – deya Rossiya taşqi işlar vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Özbekistonning ŞHT böyiça milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov taşkilotga a’zo davlatlar örtasida milliy valutalar orqali savdoga ötiş masalasi bir neça yillardan buyon kötarib kelinayotgani, lekin bu borada yakuniy töxtamga kelinmaganini ta’kidlagan edi.

“Maxsus bir reja ustida iş olib borilmoqda. Bu qanaqadir yakuniy hujjat emas, buni işçi dastur desak ham böladi. Bu dastur hamon tomonlar örtasida ekspertlar darajasida muhokama qilinmoqda”, degandi tadbir doirasida interyu bergan Özbekiston vakili.