Yozgi transferlar avj pallasida. Sönggi bir haftada ham klublar köplab yangi kelişuvlarni amalga oşirişdi.
Jyul Kunde: «Sevilya» → «Barselona» (50 mln yevro)
Haftaning eng asosiy transferi. Kunde bir neça yil içida «Sevilya»da jiddiy ösişga erişdi va köplab top-klublar radariga tuşdi. Bu yozda uşbu 23 yoşli fransuz himoyaçisi uçun «Çelsi» va «Barselona» örtasida qattiq kuraş ketdi. Futbolçi Londonga yöl olişi muqarrardek köringanida katalonlar raqibni doğda qoldirişdi va Kundeni Barselonaga kelişga köndirişdi. Jyul uçun «Barsa» «Sevilya»ga 50 mln yevro töladi, futbolçi bilan 2027 yil yoziga qadar amal qiluvçi şartnoma tuzildi.
E’tiborli jihati, bu yozda «Çelsi» va «Barselona» braziliyalik hujumçi Rafinya uçun ham jiddiy raqobat qilgan va yakunda futbolçi kataloniyaliklar taklifini qabul qilgandi.

Luis Suares: «Atletiko» → «Nasonal» (erkin agent)
Bir davr yakuniga yetdi. Suares Yevropada 16 yil öynadi va bu davr mobaynida haqiqiy yulduzga aylandi. «Groningen», «Ayaks», «Liverpul», «Barselona», «Atletiko» — barça futbolçilar ham bunday yöl bilan maqtana olmaydi. Bu yozda esa Luis Madrid bilan xayrlaşdi va köplar uni Yevropaning boşqa biror jamoasida kutişgandi. Ammo Suares barçani hayron qoldirdi — u vataniga, Urugvayga qaytdi. Endi 35 yoşli hujumçi 2005 yilda öz futbolçilik faoliyatini boşlagan jamoasi «Nasonal» safida gollar uradi. Şartnoma yangi mavsum oxirigaça tuzilgan.
Bir haftada — 20 dan ortiq transfer. Yevropa jamoalarida qanday özgarişlar?
Duayt Maknil: «Byornli» → «Everton» (23,8 mln yevro)
Dunyodagi eng qimmat liga öz repertuarida. «Byornli» ötgan mavsum yakunlariga köra Çempionşipga tuşib ketdi, ammo «Everton»dan ötgan mavsumda 38 öyinda atigi bir assist bilan kifoyalangan hujumçisi Maknil uçun qariyb 24 mln yevroni qurtdek sanab oldi. Frenk Lempard tarkibni bunday futbolçi bilan kuçaytirganidan xursandligini bildirgan. Angliyalik futbolçi bilan şartnoma beş yil muddatga tuzilgan.














