«Rosnano» kompaniyasining sobiq rahbari Anatoliy Çubays Giyen-Barre sindromi taşxisi bilan Yevropa klinikalaridan birining reanimatsiya bölimiga yotqizildi. Bu haqda 31 iyul, yakşanba kuni teleboşlovçi Kseniya Sobçak Çubaysning rafiqasi Avdotya Smirnovaga tayangan holda ma’lum qildi.
«Men hozirgina Avdotya bilan gaplaşdim. Vaziyat beqaror. Uning ahvoli yomonlaşgan, qöllari va oyoqlari tösatdan tortib keta boşlagan. Mana, Anatoliy Borisoviçning şaxsiy izohi: «Men Yevropa klinikalaridan biriga Giyen-Barre sindromi taşxisi bilan yotqizilganman. Ahvolim örtaça, barqaror», — deb yozdi Sobçak özining Telegram-kanalida.
23 mart kuni prezident Vladimir Putinning maxsus vakili sifatida işlagan Anatoliy Çubays öz lavozimini tark etib, Rossiyadan çiqib ketgani ma’lum böldi. RBK manbalariga köra, Çubays Istanbulga köçib ötgan, biroq Rossiyaga «qaytmoqçi bölgan». Keyinroq Kreml Çubays öz xohişi bilan iste’foga çiqqanini tasdiqladi. Xabar berilişiça, Çubays «Sistema» AFK direktorlar kengaşini ham tark etgan va «Elektrozavod» kompaniyasi direktorlar kengaşi tarkibidan ketgan.
Giyen-Barre sindromi - bu odamning immun tizimi öz periferik nervlariga zarar yetkazadigan kam uçraydigan holat. Kasallik har qanday yoşdagi odamlarda kuzatilişi mumkin, lekin köpinça kattalar va erkaklarda uçraydi. Giyen-Barre sindromining rivojlanişi köpinça bakterial yoki virusli infeksiyadan keyin sodir böladi.
Kasallikning dastlabki belgilari holsizlik yoki kuçsiz oğriq hissini öz içiga oladi. Ular odatda oyoqlarda boşlanadi, keyin qöllar va yuzga tarqalişi mumkin. Ba’zi odamlarda bu alomatlar oyoq, qöl yoki yuz muşaklarining falajiga olib kelişi mumkin. Aksariyat odamlar Giyen-Barre sindromining eng oğir holatlaridan ham töliq tiklanişadi.

















