Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz farmonlari bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining Rossiya va boşqa davlatlardan 147 nafar jismoniy va 303 ta yuridik şaxsga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qöllaş töğrisidagi qarorini kuçga kiritdi, deya xabar beradi prezident sayti payşanba, 23 noyabr kuni.

"Rosnano" sobiq rahbari va Rossiya prezidentining sobiq maxsus vakili Anatoliy Çubays, Hisob palatasining sobiq rahbari Aleksey Kudrin va sobiq boş prokuror Yuriy Çaykaning öğillari Artem va Igorga qarşi sanksiyalar 10 yil muddatga joriy etildi. Sanksiyalar, şuningdek, Qurolli kuçlar Boş ştabining Boş operatsion boşqarmasi boşliği Sergey Rudskoy, TASS agentligi boş direktori Andrey Kondraşov va boşqa Rossiya rasmiylari, top-menejyerlar va harbiy xizmatçilarni ham öz içiga olgan.

Sanksiyalar nafaqat Rossiyada, balki Kipr, Xitoy, BAA, Belarus va boşqa mamlakatlarda röyxatdan ötgan quriliş va energetika kompaniyalariga nisbatan qöllangan. Çeklovlar orasida "MegaFon", "Mosenergo", "Moskomsvyaz", "Faberlik", "Babayevskiy" va "Rot-Front" konsernlari, "Krasnyy Oktabr" fabrikasi qoldi. Davlat muassasalari orasida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Don qutqaruv markazi röyxatga kiritilgan. Ukraina sanksiyalari aktivlarni bloklaş va savdo operatsiyalarini çeklaşni öz içiga oladi.