Kanada Ukrainadagi uruş uçun Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni kengaytirdi. Kanada hukumati saytida 17 iyun, seşanba kuni keçqurun e’lon qilingan xabarga köra, endi jarima röyxatiga yana 77 jismoniy va 39 yuridik şaxs, şuningdek, Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataluvçi 201 ta kema kiritilgan.

Qora röyxatga «Rosnano» korporatsiyasining sobiq rahbari, prezident ma’muriyati sobiq rahbari va boş vazirning birinçi örinbosari Anatoliy Çubays, Rossiya sobiq prezidenti Boris Yelsinning qizi Tatyana Yumaşeva, uning turmuş örtoği, prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Valentin Yumaşev, şuningdek, Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Oçeretnaya kiritilgan.

Sanksiyaga tuşganlar orasida Lyudmila Oçeretnayaning turmuş örtoği Artur Oçeretniy, Vladimir Putinning qarindoşlari Mixail Putin va Mixail Şelomov, Rossiya prezidentining yaqin atrofidagi bir qança boşqa şaxslar, yirik tadbirkorlar, jumladan Vladimir Yevtuşenkov, Vladimir Lisin va Aleksandr Mamut ham bor.