Moskva Arbitraj sudi “Rosnano” korporatsiyasining da’vosi asosida uşbu kompaniyaning sobiq rahbari Anatoliy Çubaysning hisobraqamlariga umumiy hisobda qariyb 11,9 mlrd rubl miqdorida hibs qöydi. Şuningdek, sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Urinson va “Rosnano”ning boşqa sobiq menejerlarining mol-mulki ham xatlovga olingan. Bu haqda TASS agentligi 23 dekabr, duşanba kuni xabar berdi.

Jami iş böyiça 13 nafar şaxs javobgar sifatida jalb qilingan bölib, ularning mol-mulkiga hibs qöyilgan. Sud sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Urinsonning hisoblaridagi 8 mlrd rubldan ortiq mablağni xatlovga oldi. “Rosnano” kompaniyasi sobiq ijro etuvçi direktori Boris Podolskiyning esa qariyb 6 mlrd rubl mablaği hibsga olingan.

RBK agentligi yozişiça, sud mol-mulkning aniq röyxati körsatilmagani sababli hibs qöyiş talabi “mol-mulk mavjud bölişi mumkin” degan farazga tayanayotganini ta’kidlagan. Şu bois arbitraj sudi Çubaysning mol-mulkini da’vo talablari doirasida — 11,9 mlrd rubl miqdorida hibsga olgan.

Sud qarorida şunday deyiladi: “Javobgarlar mol-mulkni Rossiya Federatsiyasi hududida saqlab qolişdan manfaatdor emas, ‘Rosnanöda esa da’vo arizasi olinganidan söng yaqin vaqt içida javobgarlar aktivlari Rossiya Federatsiyasi hududidan taşqariga olib çiqib ketilişi mumkin, degan fikrga keliş uçun oqilona asoslar bor”.

“Rosnano” 12 dekabr kuni özining sobiq rahbarlariga nisbatan Crocus loyihasi böyiça 11,9 mlrd rubl zararni undiriş haqida da’vo kiritgan. Mazkur loyiha “Rosnano” tomonidan 2011 yilda ma’qullangan bölib, uning maqsadi — Rossiya hududida magnitorezistiv operativ xotira (MRA) işlab çiqarişni yölga qöyişdan iborat.

Bu “Rosnano”ning kompaniyaning sobiq rahbarlariga nisbatan kiritgan ikkinçi da’vosi hisoblanadi. Aprel oyida sud Anatoliy Çubays va yana yetti nafar javobgarning pul mablağlari hamda boşqa mol-mulkiga hibs qöygan, undiruvning umumiy summasi esa 5,6 mlrd rublni taşkil etgan.