Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 24 iyul kuni soat 16:00 larda Döstlik tumanidagi oşxonada odam ölimi bilan boğliq jinoyat sodir etilgan.

Döstlik tumani Alişer Navoiy mahallasida joylaşgan oşxonada ikki xöranda örtasida nizo kelib çiqqan. Janjalda Arnasoy tumani Böston mahallasida yaşovçi şaxs mast holatda Navröz mahallasida yaşovçi şaxsning yuziga urib, unga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan qoçib ketgan.

Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan oğir tan jarohati olgan jabrlanuvçi şifoxonada vafot etgan. Marhumning vafotiga boş miyaga qon quyilişi jarohati sabab bölgan.

IIB xodimlarining say’-harakatlari bilan gumonlanuvçi şaxs uşlanganda, u 2019 yilda transport vositasini olib qoçgani uçun 5 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilib, joriy yil 25 may kuni sud tomonidan jazoning qolgan qismi axloq tuzatiş jazosiga almaştirilgani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Avvalroq, Jizzaxda ikki çöponning özaro janjali ham qotillik bilan yakun topgandi.