Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 19 iyun kuni soat 7:00 larda Zarbdor tumanida ikki nafar çöponning özaro janjali ölim bilan yakun topgan.
Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida çöponlik qiluvçi, 1993 yilda tuğilgan şaxs qoramollarini haydab ketiş uçun ularni Bunyodkor köçasida yaşovçi 1968 yilda tuğilgan mahalladoşining uyi oldiga töplagan.
Xonadon egasi çöponga qoramollarni uyi oldidan haydaşini talab qilgan. Şu yerda özaro kelişmovçilik janjalga aylangan.
Janjal davomida çöpon mahalladoşini yerga yiqitib, yuzi va boş qismiga bir neça marta urgan. Şundan söng kaltak yegan şaxs sumkasidan oşxona piçoğini çiqarib, çöponning tanasiga zarba bergan va unga jarohat yetkazgan.
Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan çöpon tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tarzda uşlanib, vaqtinça saqlaş xonasiga joylaştirilgan.
Avvalroq, Baxmal tumanida uç kunda ikkita qotillik sodir etilgandi.

















