Odessa dengiz portini Ukraina doni ortilgan birinçi yuk kemasi tark etdi. 1 avgust, duşanba kuni ertalab makkajöxori ortilgan Serra-Leone bayroği ostidagi Razoni kemasi Livanga yöl oldi, deb xabar berdi Ukraina infratuzilma vaziri Oleksandr Kubrakov. Bu ma’lumotni Turkiya Mudofaa vazirligi ham tarqatgan. 

Istanbul don eksportini nazorat qiliş markazi ma’lumotlariga köra, yuk kemasi 26 ming tonnadan ortiq makkajöxori olib ketmoqda. Markaz, şuningdek, kema 2 avgust kuni Turkiyaning hududiy suvlariga kirib kelişi kutilayotganini bildirdi. Tekşiruvdan söng kema Tripoliga yöl oladi. 

Idoradan ta’kidlanişiça, Istanbulda RF, Ukraina, BMT va Turkiya örtasida imzolangan kelişuvga muvofiq, Ukraina portlaridan oziq-ovqat yuklangan qöşimça kemalar ham çiqib ketadi. Avvalroq Anqara Ukraina ğallasi bölgan birinçi karvon tarkibida 16 ta yuk kemasi bölişi va ular Turkiya hududiy suvlariga 2 avgustda yetib borişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Ularga dronlar hamroh böladi, şuningdek, sun’iy yöldoşlar orqali kuzatib boriladi. Bosfor yaqinida kemalar tekşiruvdan ötkaziladi. 

Avvalroq Istanbulda Ukraina donini eksport qiliş böyiça nazorat markazi oçilgan edi. Turkiya markaz oziq-ovqat inqirozini yengib çiqişga katta hissa qöşişiga işonmoqda, deya ma’lum qildi Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar. Koordinatsiya markazi savdo kemalarini röyxatga oladi va harakatlarini, xususan, sun’iy yöldoş ma’lumotlari yordamida kuzatib boradi, dedi Akar. Kemalar Qora dengizni Marmar dengizi bilan boğlaydigan Bosfor böğozidan ötayotganda bortda qurol yöqligi yuzasidan tekşiruv olib borilişi kerak böladi. 

22 iyul kuni Istanbulda BMT va Turkiya vositaçiligida RF hamda Ukraina bilan kelişuv imzolangan bölib, uning maqsadi Ukraina portlari blokadasiga çek qöyişdir. Taxminlarga köra, eksport Ukrainaning uçta porti - Odessa, Çernomorsk va Yujniydan amalga oşiriladi. Kelişuv tuzilganidan bir kun ötib, 23 iyul kuni Odessa porti Rossiya tomonidan raketa zarbalariga uçradi.

Ukraina rasmiylariga köra, ötgan yilgi hosilning 20 million tonnadan ortiği hali eksportga çiqarilişi kerak. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin Ukrainaga tegişli Qora dengiz portlarining blokadasi tufayli bu imkonsiz bölib qoldi.